Ispaniya hukumati xavfsizlik xizmati xodimlari boş vazir Pedro Sançes nomiga yuborilgan va içida portlovçi modda bölgan konvertni aniqladi va zararsizlantirdi.
Konvert 24 noyabr kuni poçta orqali jönatilgan, biroq rasmiylar bu haqda Ispaniyadagi turli manzillariga portlovçi moddalar solingan yana 4 ta paket yuborilganidan söng xabar berişdi.
Voqealar ketma-ketligi quyidagiça:
- 24 noyabr – boş vazir Pedro Sançesga yöllangan maktubda portlovçi moddalar topilgan (bu haqda faqat 1 dekabrda aytilgan).
- 30 noyabr – Madriddagi Ukraina elçixonasida portlaş, Ispaniya şimoli-şarqidagi Instalaza qurolsozlik kompaniyasida portlovçi moddalar bölgan xat aniqlanişi.
- 1 dekabr – birdaniga uçta bomba: Madrid yaqinidagi Torrexon-de-Ardos aviabazasida, Ispaniya Mudofaa vazirligi va AQŞ elçixonasida.
30 noyabr kuni tuşdan keyin bomba solingan paket Ukrainaning Madriddagi elçixonasida aniqlandi. Portlaş sodir böldi, oqibatda xavfsizlik xodimi qölidan yengil jarohat oldi. Ukrainaning Ispaniyadagi elçisi Sergey Pogorelsevning sözlariga köra, elçixona komendanti paketni hovliga olib çiqqan va şubhali çiqillaş ovozini eşitib, uni darhol otib yuborgan.
Pogorelsev portlovçi moslama solingan paketni yuboriş ortida Rossiya turişi mumkinligini tan oldi. «Biz tajovuzkor mamlakatning terrorçilik usullarini bilamiz va yuzaga kelişi mumkin bölgan har qanday favqulodda vaziyatga tayyormiz», dedi u 24 Horas telekanaliga bergan intervyusida.
Ukraina taşqi işlar vaziri Dmitro Kuleba zudlik bilan Ukrainaning barça elçixonalari xavfsizligini kuçaytiriş böyiça körsatma berdi. Vazir, şuningdek, uşbu portlaş uyuştirilişi ortida kim bölişidan qat’i nazar, ular ukrainalik diplomatlarni qörqita olmasligini yoki Rossiya agressiyasiga qarşi turiş uçun kundalik işlarini töxtata olmasligini ta’kidladi.
30 noyabr kuni Ispaniyada yana bir paket topildi. U Saragosadagi harbiy texnika, jumladan, tankka qarşi qöl granatalari va tungi köriş moslamalarini işlab çiqaruvçi Instalaza kompaniyasiga jönatilgan. Kompaniya dunyoning 35 dan ortiq mamlakatlariga qurol yetkazib beradi va Ukraina armiyasi Rossiya bosqinidan himoyalaniş uçun Instalaza işlab çiqargan tankka qarşi granata otuvçisidan foydalanadi. Saragosadagi hukumat matbuot kotibi Roza Serranoning sözlariga köra, paket Ukrainadan yuborilgan.
1 dekabr erta tongda xuddi şunday portlovçi modda solingan konvert Madrid provinsiyasi, Torrexon-de-Ardos şahridagi aviabazaga yetib borgan. Jönatma Ukrainaga ma’lumot yetkazib beradigan sun’iy yöldoş markaziga poçta orqali yuborilgan. Ispaniya içki işlar vazirligi ma’lumotlariga köra, rentgen tahlili yordamida paket içida ma’lum mexanizm topilgan. Trevoga asosida aviabazani qöriqlaş uçun fuqarolik gvardiyasi (Içki işlar vazirligining harbiy tuzilmasi) va politsiya jangçilari jönatilgan. Ispaniya mudofaa vazirligi bu ma’lumotni tasdiqlab, aviabazaga heç qanday zarar yetkazilmaganini ta’kidladi.


















