
Navoiyliklarda yaxşi bir odat bor: qay yönalişda bölmasin, bolasida iste’dod uçqunlarini sezgan ota-ona uni “Farhod” madaniyat saroyiga yetaklab boradi. Sababi ular bu yerda farzandidagi iste’dod uçquni sayqallanib, kelajakda yorqin yulduzga aylanişiga işonişadi. Albatta, odamlardagi bu işonç şunçaki yuzaga kelmagan, “Farhod” madaniyat saroyi şaharning madaniyat markaziga aylana olgan. Qolaversa, “Farhod” respublikada rang-barang janrdagi ijodiy yönalişlari eng köp bölgan madaniyat saroyi hisoblanadi. Bu yerdagi 78 ta ijodiy jamoa va guruhda 1 500 nafardan ortiq yoşlarga san’atning turli yönalişida bepul maşğulot ötiladi.
1972 yilda Ğozğon marmari va arman tufidan qurib bitkazilgan möjizaviy saroyda hayot doim qizğin: bu yerda har kuni yangi iste’dodlar kaşf etiladi, yangi ovozlar san’at maydoniga kirib keladi, yangi ixtirolarga qöl uriladi.



“Farhod” madaniyat saroyi nafaqat Navoiy viloyati, balki respublikada iste’dodlarni tarbiyalab, yuzaga çiqarayotgan muhim markaz hisoblanadi. Madaniyat saroyining köplab tarbiyalanuvçilari taniqli san’atkorlar, rassom va aktyorlar, rejissyorlar bölib yetişgan. Jumladan, Gözal Jumaniyozova (Dilsöz), Hamdam Sobirov, Jasur Kenjayev, Farrux Raimov, aktrisa Yulduz Rajabova, “Qahqaha” kulgi şou teatri aktyorlari Sohib Hasanov va Tolib Rahimov bugun san’at maydonida öz muxlislariga ega.
“Farhod”da faoliyat olib borayotgan köplab ijodiy guruhlarning yoşi madaniyat saroyi yoşiga teng. Mustaqillik yillarida ularning safi yanada kengaytirildi. Xususan, “Sado” karnay-surnay-doira ansambli, “Marvarid” va “Farhod” milliy raqs xoreografik ansambllari, “Tarona” va “Nihol” özbek xalq çolğulari orkestrlari, “Sardoba” folklor va etnografik hamda “Favvora” an’anaviy ijroçilik ansambllari, “Eksklyuziv” estrada miniatyuralari yoşlar teatri, “Quvnoqlar va zukkolar” klubi, “Flash Dance” zamonaviy raqs ansambli, “Silk Road Band” vokal va instrumental ansambli, “Şarq gavhari” milliy raqs ayollar xoreografik jamoasi taşkil etildi. Hozirda uşbu ijodiy jamoalarning tarbiyalanuvçilari respublika va jahon sahnalarida öz iste’dodlarini namoyiş qilib, yuqori natijalarni qayd etişmoqda.


























