“Oxirgi marta juda qattiq şişib ketdim. Hatto ukol-dori ulaşganida tomirimga jönata olişmadi. Doktorlar uç kunlik umri qoldi, deb qaytarib yuborişdi. Lekin Xudoga şukr, uydagilarim u yoqqa çopişdi, bu yoqqa çopişdi, meni oyoqqa turğizişdi.
Akam çet elda işlab meni davolatiş uçun pul jönatib turardi. Özi ham jigar sirroziga çalinib qoldi. Oxirgi bosqiçi, operatsiya qildirmasa bölmaydi, deyişdi. Mol-holimizni, yaşaş uçun biroz qismini qoldirib hovlimizni, maşinamizni sotdik. Qarindoş-uruğ, döst-yorlar yordam qilişdi. Hindistonda operatsiya qildirib keldik.
Xudo özi kuç berar ekan. Öşa paytda oyoqqa turib, yugur-yugurlarini qildim. Yangam akamga donor böldi. Xudoga şukur, asta-sekin soğliqlari tiklanyapti. Lekin endi meni operatsiya qilişga töğri kelyapti”, - deydi Xurşida köz yoşlarini tiyolmay.
Tahlil natijalarini olib, doktorning oldiga yaxşi xabar eşitiş ilinjida közlari yonib kirgan Xurşida, közlarining yoniğini öşa xonaga taşlab çiqdi. Umidi çilparçin böldi. Operatsiya qilmasa, hammasi tamom.
Lekin şifokorning operatsiyadan keyin soğliğing tiklanadi, sen ona bölişing ham mumkin, deya aytgan sözlari, unga qaytadan umid bağişladi.

“Har bir ayol onalik baxtini his etişni xohlaydi. Farzandini bağriga bosgisi, ayajon, dadajon degan sözlarini eşitgisi keladi. Xudoga şukr, turmuşga çiqdim, ammo soğliğim sabab ona böliş mumkin emas. Lekin şifokorning sözlari meni yaşaşga, kuraşişga undayapti. Men ona bölişim mumkin, degan öyning özidanoq yuragimga iliqlik kiryapti” - deydi ayol entikiş bilan.
Xurşidani davolaş mumkin, ammo akasini davolatişganiga hali bir yil ham tölmagan bu oila özini moddiy tomondan tiklab olganiça yöq. Ota-onasi keksa, kuç-quvvatdan qolgan. Akasiga ham hozirça jismoniy iş qiliş mumkin emas.
“Singlim uçun hamma narsaga tayyorman. U hozir nimani his qilayotgani, oğriq qanday azob berayotganini men hammadan köproq tuşunaman, çunki şu kunlarni boşimdan ötkazganman.
Xonasida yiğlab, iltijo qilib ötirganini körganimda yuragim örtanib ketadi. Qaniydi, avvalgi soğliğim bölsa, keça-yu kunduz tinmay işlasam ham mayli, singlimning operatsiyasi uçun kerakli bölgan mablağni topib bergan bölardim”, - deydi Muhsinjon aka ökinç bilan.
















