Twitter Kane Uestni zo‘ravonlikka undagani uchun yana bloklab qo‘ydi
Ilon Mask Twitter’ni sotib olgach, akkaunti blokdan chiqarilgan musiqachi Hitlerni yoqtirishini tan oldi va antisemitizm ruhidagi tvitlarini e’lon qildi.
Mashhur reper Kane Uestning Twitter’dagi sahifasi zo‘ravonlikka undagani uchun bloklandi. Bu haqda kompaniya egasi Ilon Mask 2 dekabr, juma kuni xabar berdi.
Musiqachi sahifasini ochganda, bloklab qo‘yishning aniq sababini ko‘rsatmasdan avtomatik tizim xabari - «Sahifa amal qilishi to‘xtatildi» yozuvi paydo bo‘lyapti. «Shunchaki, uning akkaunti zo‘ravonlikka undagani uchun to‘xtatilganiga oydinlik kiritaman», — deb yozdi Mask.
Uestning akkaunti birinchi marta 9 oktyabr kuni antisemitizm ruhidagi tvit uchun taqiqlangan edi. Ilon Mask Twitter egasiga aylanganidan keyin musiqachini blokdan chiqardi.
Qayta bloklashga Uest tomonidan e’lon qilingan bir nechta fotosuratlar, jumladan, svastika bilan birlashtirilgan Dovud yulduzi tasviri sabab bo‘ldi. Ular sahifaga joylashtirilgan kuni Uest Aleks Jons shousida paydo bo‘ldi va «Hitlerni yoqtirishini» aytdi. Studiya mehmonlaridan biri u «juda putinparast va rossiyaparast» deganida, Uest «men ham», deb javob berdi. Keyin u, o‘zining fikricha, «satanizm Amerikani qamrab olgan», deb qo‘shimcha qildi.
Mavzuga oid
23:47 / 14.08.2024
X ijtimoiy tarmog‘i noqonuniy ishdan bo‘shatilgan xodimiga 550 ming yevro kompensatsiya to‘laydi
10:11 / 01.11.2023
Maskning harakatlari tufayli Twitter qiymati 55 foizga tushib ketdi
22:42 / 26.10.2023
Mask X platformasida yangi funksiya haqida e’lon qildi
21:13 / 19.09.2023