Uning «Sibir. Realii» naşri tomonidan keltirilgan sözlariga köra, bu uylarda rus harbiylari şamanlik marosimini ötkazişi va dam olişlari mumkin böladi, u askarlarning ma’naviyatini oşiriş va ularni davolaşni "insonparvarlik yordamining" eng asosiy maqsadi deb atadi.

2 dekabrda yuboriladigan ötovlarda şamanlar askarlarga yaxşi ruhiyatini qaytaradi, çiqqan-singan suyakni soluvçi tabiblar esa «umurtqa poğonasini töğrilaydilar», deb tuşuntirdi Bulutov.

Bundan oldin Rossiya 2023 yilda davlat mudofaa buyurtmasi doirasida harbiy mahsulotlar işlab çiqarişni moliyalaştirişni deyarli 1,5 barobarga oşirişni rejalaştirayotgani aytilgandi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi hay’ati yiğilişida idora boşliği Sergey Şoygu ma’lum qildi. 

Uning sözlariga köra, bu «qöşinlar va harbiy qismlarni qurol-yaroğ hamda texnika bilan doimiy şay holatda 97 foiz darajada ta’minlaş imkonini beradi», deb vazirning sözlaridan iqtibos keltirgan «Interfaks». 

Ukrainadagi uruş va safarbarlik natijasida, Şoyguning sözlariga köra, «nazorat va ijroning barça darajalarida davlat buyurtmalariga qöyiladigan talablar ortdi».

Ukraina harbiy qömondonligi ma’lumotlariga köra, uruşning töqqiz oyi davomida Rossiya yillik budjet daromadlarining çorak qismini – 82 milliard dollarni sarflab böldi. Buni Ukraina Forbes jurnali hisoblab çiqdi.