Hay’at majlisida Boş prokuror Niğmatilla Yöldoşev ma’ruza qilib, joriy yilda prokuratura organlari tomonidan amalga oşirilgan işlar va yöl qöyilgan xato-kamçiliklarga birma bir töxtalib ötdi, deb xabar bermoqda idora matbuot xizmati.
Ta’kidlanişiça, 2022 yilning ötgan davrida prokuratura organlari tomonidan aniqlangan qonunbuzilişi holatlari yuzasidan 116 mingga yaqin nazorat hujjatlari qöllanib, 217 ming fuqaroning buzilgan huquqlari tiklangan. Prokuror tekşirişlari va dastlabki tergov davomida aybdor şaxslardan fuqarolarga va davlat manfaatlariga yetkazilgan 1,5 trln sömlik zararning undirilişi ta’minlangan.
Aholini ijtimoiy muhofaza qiliş, bandligini ta’minlaş, muhtoj oilalarni, yoşlar va xotin-qizlarni har tomonlama qöllab - quvvatlaşga oid qonunçilik ijrosini ta’minlaşga alohida e’tibor qaratilgan. Bevosita prokurorlar sa’y-harakati bilan qisqa muddatda 161 mingdan ortiq ehtiyojmand oilaga kömak berilgan, qariyb 175 ming nafar işsiz fuqaroning bandligi ta’minlangan.
Hay’at yiğilişida mavjud muammolarni bartaraf qiliş borasida ayrim hududlarda yöl qöyilgan kamçiliklar tanqid qilinib, tadbirlarni yanada jonlantiriş, ayniqsa, “Mahallabay” işlarni samarali taşkil etiş, tegişli daftarlarga kiritilgan fuqarolar bilan manzilli işlaş böyiça belgilangan vazifalar ijrosiga e’tiborni yanada kuçaytiriş zarurligi ta’kidlangan.
Tadbirkorlik sub’yektlarini har tomonlama qöllab - quvvatlaş, qulay biznes muhitini yaratiş masalasiga ham alohida töxtalib ötilgan. Qayd etilişiça, tadbirkorlikni jadal rivojlantiriş, investitsiyalarni jalb etiş, eksport hajmini oşiriş kabi iqtisodiyot rivojidagi dolzarb yönalişlarda tizimli tadbirlar amalga oşirilib, 7 ming nafardan ortiq tadbirkorning buzilgan huquqlari tiklangan, 25 ming nafardan ortiğiga muammolarini bartaraf etişda kömaklaşilgan.

Tadbirda quriliş sohasida qonuniylikni ta’minlaş, ijtimoiy va işlab çiqariş infratuzilmasini rivojlantirişga oid investitsiya dasturlari, şu jumladan “Obod qişloq” va “Obod mahalla” dasturlari ijrosi ahvoli ham muhokama qilingan.



















