Bugun, 3 dekabr kuni IIV yöl harakati xavfsizligi departamenti tomonidan OAV vakillari uçun press-tur uyuştirildi. Qamçiq dovonining «Çinor» va «Namangan» yöl-patrul xizmati maskanlarida «yaşil» va «qizil» yölak tizimi işga tuşişi hamda yöl harakati xavfsizligi sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar tamoyili ham tuşuntirildi.

Angrendan ötib, Qamçiq dovonining boşlanişida faoliyat yuritayotgan «Çinor» muntazam YPX postida yölga qöyilgan «Yaşil yölak» tizimi yöl harakati xavfsizligi va ma’lumotlar almaşinuvining barça jihatlarini özida jamlagani va bu borada ilk amalga oşirilgan loyiha ekanligi e’tiborga molik. Keyinçalik qolgan 28 ta muntazam postlarda ham bu tizim yölga qöyilişi rejalaştirilgan.

Tizimning işlaş prinsipi oddiy va samarali: yölda kelayotgan avtomobil uzoqdagi tablo orqali qizil yoki yaşil yölaklardan biriga yönaltiriladi. Qizil yölakka yönaltiriş sabablari turliça bölişi mumkin: ortiqça yuk, tölanmagan jarimalar, hujjatlardagi kamçiliklar kabi omillar tufayli avtomobil harakatdan töxtatiladi.

Şu yerning özida barça masalalar yeçilişi mumkin, ya’ni jarima tölanişi va taqiqlar yeçilişi, ortiqça yuk tuşirilişi, zarur holatlarda suğurtalar rasmiylaştirilişi va haydovçi öz yölida davom etiş imkoniyatiga ega.

Tadbir yakunida ötkazilgan matbuot anjumanida Kun.uz muxbiri mutasaddilarga «Andijonda avtobus hamda yuk avtomobili töqnaşişi natijasida bir neça kişi vafot etdi va jarohatlandi. Ma’lumotlarga köra yöl qurilişi bilan şuğullanuvçi taşkilot YHXX bilan özaro kelişmagan holda qarama-qarşi yönalişda harakat taşkil qilgani ana şu YTH sodir bölişiga sabab bölgan. Bu öz tasdiğini topdimi, aybdorlarni jazoga tortiş böyiça qanday çoralar körilmoqda va bu borada tergov harakatlari olib borilyaptimi?» deya savol berdi.

IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boşliği örinbosari – yöl harakati xavfsizligi xizmati boşliği, polkovnik Olim Saidov savolga quyidagiça javob berdi:

– Andijon viloyatidagi ayançli YTH A373 yölining Böston tumanida sodir bölgan. Bu yölning şu qismi 2013 yildan buyon ta’mirlab kelingan va işlar yakuniga yetkazilmagan. 1100 metr qismida qarama-qarşi yönalişda harakatlaniş belgilangan. YTH ham aynan mana şu qismda sodir bölgan. Çindan ham YHXX bilan özaro kelişilmagan holda qarama-qarşi yönalişda harakatlaniş yölga qöyilgan. Bundan taşqari tuman, noqulay ob-havo, haydovçining xatosi kabi omillar sabab bölib, şu YTH yuz bergan.

Ayni paytda bu masalada xizmat tekşiruvi ötkazilyapti. Haydovçi va YHXX xodimlarining harakati yoki harakatsizligiga prokuratura tomonidan huquqiy baho beriş uçun tergov harakatlari olib borilyapti. Yöl ta’mirlayotgan taşkilot ham prokuratura tomonidan tergovga jalb qilingan.