Poytaxtda Savdo va sanoat böyiça Özbekiston-Britaniya kengaşi (UBTIC) 26-yiğilişi bölib ötdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Buyuk Britaniya Xalqaro savdo vazirligi boş direktori Endryu Mitçell savdoni rivojlantiriş uçun yangi mablağ ajratilişini, Özbekiston JSTga a’zo bölişini yanada qöllab-quvvatlaşini e’lon qildi. Delegatsiyalar rahbarlari çiqişlaridan söng tomonlar ikki tomonlama harakatlar rejasini imzoladi.

2021 yilda Britaniya va Özbekiston örtasidagi özaro tovar ayirboşlaş umumiy hajmi ikki baravar köpaydi va hozirgi paytda qariyb 0,5 milliard dollarni taşkil etmoqda. UBTIC 26-yiğilişida Britaniya 73 ta turli kompaniyasidan 126 nafar britaniyalik işbilarmon doiralar vakillari iştirok etdi.

«Mamlakatlarimiz birgalikda amalga oşirgan işlardan juda faxrlanaman, lekin erişgan muvaffaqiyatlarimiz bilan çeklanib qolmasligimiz kerak. UBTIC bizga savdo aloqalarimizni yanada rivojlantiriş va çuqurlaştiriş uçun ajoyib platformani taqdim etadi. Biz bunga Özbekiston JSTga a’zo bölişi böyiça hamkorlikda işlaş, iqtisodiy va siyosiy islohotlarni qöllab-quvvatlaşimizni kengaytiriş hamda umumiy imtiyozlar tizimi imkoniyatlarini maksimal darajada oşiriş orqali erişa olamiz», dedi Şarqiy Yevropa va Markaziy Osiyo böyiça Buyuk Britaniya savdo komissari Kenan Poleo.