Bugun, 4 dekabr kuni ertalab Navoiy viloyati şimolida havo harorati 20 darajagaça pasaydi. Bu haqda Navoiygidromet xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, viloyatning Uçquduq, Tomdi tumanlari hamda Zarafşon şahrida 11-14 darajagaça, şimoliy Qizilqum hududlarida joylaşgan «Oqbaytal» meteorologik stansiyasida 20 daraja sovuq kuzatilgan. «Oqbaytal»da tuproq yuza qatlamidagi termometr ustunçasi 23 darajali sovuqlikni qayd etgan.

Oldinroq “Özgidromet”  tomonidan dam oliş kunlari sovuq antitsiklon ta’siri saqlanib turişi xabar qilingandi.