Rossiya tarkibiga kiruvçi Doğiston Respublikasining Kaspiy dengizi sohillarida 700 ga yaqin ölik tyulenlar topildi.

Baliqçilik federal agentligining Şimoliy Kavkaz hududiy boşqarmasi ma’lumotlariga köra, Maxaçqal’a şahrining Kirovskiy tumanida yuzlab hayvonlar jasadi topilgan.

Topilgan tyulenlar soni yanada ortişi mumkin, ularning ölimiga nima sabab bölgani aniqlanmagan.

Hozirda Butunrossiya baliqçilik va okeanografiya ilmiy-tadqiqot institutining Volga-Kaspiy bölimi mutaxassislari hayvonlar ölimiga nima sabab bölganini aniqlaş maqsadida ma’lumotlar yiğişga kirişdi. Şuningdek, ular laboratoriya tekşiruvlarini ötkazadilar.

Bu Kaspiy dengizi qirğoqlarida ölik hayvonlarning birinçi marta topilişi emas. 2021 yil may oyida 200 dan ortiq ölik tyulenning jasadi topilgan edi. Ularning ölimi baliqçilar va brakonerlarning törlariga tuşişi bilan boğliq edi. 2020 yil dekabr oyida 272 ta ölik tyulenning jasadi topilgan, ular yuqumli kasallik tufayli halok bölgani taxmin qilingan edi.