Moskvaning Butirskiy sudi firibgar Nodirjon Rahmonovni beş yil muddatga koloniyaga jönatdi. U uç nafar moskvalik ayolni jami 23 million rublga aldaganlikda aybdor deb topildi. 

Rahmonov özining barça qurbonlarini Mamba tanişuv ilovasi orqali topgan. 

«U ayollar bilan işonçli munosabatlarga kirişgan, ularga tegişliça e’tibor qaratgan, şaxsiy-romantik va nikoh-oilaviy munosabatlarni örnatiş niyati borligini ma’lum qilgan», - deyiladi sud hukmida. 

Şundan söng yigit turli bahonalar bilan, masalan, biznes oçiş uçun yoki soğliğidagi «muammolari»ni hal qiliş uçun pul undirgan. Ayollardan biri hatto uning uçun jinoyatga ham qöl urgan. 

Şunisi e’tiborga loyiqki, Rahmonovning pul-işqiy biznesidagi şerigi qonuniy rafiqasi Olga bölgan. U singlisi niqobi ostida erining firiblarida qatnaşgan. Sud ayolni 4 yil şartli qamoq jazosiga hukm qildi. 

Bundan taşqari, «taşabbuskor» er-xotinga aldangan ayollarga pullarni qaytariş majburiyati yuklandi. Firibgarlarning harakatlari oqibatida yetkazilgan zarar 23 million 803 ming rublni taşkil etadi.