Möğuliston poytaxti Ulan-Batorda namoyişçilar hukumat binosiga bostirib kirdi. Mahalliy OAV ma’lumotlariga köra, 12,9 milliard dollarlik kömir öğirlaganlikda gumon qilinayotgan amaldorlar bilan boğliq mojaro tufayli fuqarolar ikki kundan beri köçaga çiqmoqda. Keng kölamli namoyişlar 4 dekabr kuni boşlangan.

Mahalliy matbuotning xabar berişiça, Möğulistondan eksport qilinadigan kömir miqdori Xitoy olganidan farq qiladi. Şu fonda norozilik namoyişlari boşlangan. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga köra, Pekin korrupsiyada ayblangan öz amaldorlarini qatl qilgan, şuningdek, Möğuliston boş vaziri Oyun-Erdene Luvsannamsraynga korrupsiyaga aloqador möğul amaldorlari röyxatini yuborgan.

Şundan söng fuqarolar köçaga çiqib, «kömir öğrilari» nomi oşkor qilinişini va «hokimiyatdagi korrupsiya foş etilişini» talab qilişgan.

5 dekabr kuni namoyişçilar Suxe-Bator maydoniga (Ulan-Bator markazi) töplangan va keçga yaqin hukumat saroyiga bostirib kirişga harakat qilgan. Şundan söng, politsiya barçani tarqalişga çaqirgan.

Huquq-tartibot idoralariga köra, namoyişçilardan biri şahar arçasini yoqib yuborgan, tartibsizliklarda tört kişi yengil tan jarohati olgan.

Namoyişçilar boş vazir va prezident bilan uçraşişni talab qilmoqda. Boş vazir buyruği bilan işçi guruh tuzilib, uning vakili namoyişçilar bilan barça talablarni muhokama qilmoqçi.

Noyabr oyida Asia Russia portali 2022 yilda Möğulistondan kömir eksporti 2021 yilga nisbatan 71 foizga oşgani haqida xabar bergan edi. Bu yil jami 24,3 million tonna kömir qazib olingan.