Mulk huquqi daxlsizligini ta’minlashga oid hukumat hujjatlariga o‘zgartirish kiritiladi
Vazirlar Mahkamasining “Mulk huquqi daxlsizligini ta’minlashga oid qonunchilik hujjatlari takomillashtirilish munosabati bilan hukumat ayrim hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Ijro hujjatlari bo‘yicha undiruvni davlat budjeti mablag‘lariga va budjet tashkilotlari moliyaviy majburiyatlariga qaratish tartibi to‘g‘risidagi nizom 6-1-band bilan to‘ldiriladi:
Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan quyidagi zararlarni qoplash Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha hududiy maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan:
ko‘chmas mulk obektlariga bo‘lgan huquqlar davlat reyestriga noqonuniy yoki haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlar kiritilishi natijasida ularga ishonib harakat qilgan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlar;
davlat organlari, ular mansabdor shaxslari va xizmatchilari qonunga xilof deb topilgan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) natijasida jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan va sud qonuniy kuchga kirgan qarori bilan aniqlangan zararlar;
tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari va sud qonunga xilof deb topilgan harakatlari (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan zarar va ma’naviy ziyonlar;
turar joy insofli egallovchidan qonunchilikda belgilangan tartibda talab qilib olinishiga yo‘l qo‘yilmasligi natijasida mulkdorga yetkazilgan zarar amalga oshiriladi.
Quyidagi mazmundagi 7-1-band bilan to‘ldiriladi:
Mulkiy va ma’naviy zararlarga oid ijro hujjatlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha hududiy maqsadli jamg‘armalaridan mablag‘lar olish uchun ijro hujjatida kim foydasiga tegishli mablag‘lar o‘tkazilishi nazarda tutilgan bo‘lsa, o‘sha shaxslar yoxud uning vakillari Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdim etadilar.
Bunda mulkiy va ma’naviy zararlarga oid ijro hujjatlarini ijro etish tartibi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha respublika va hududiy maqsadli jamg‘armalar mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Finlandiyada ruslar qurgan qal’a 1 yevroga sotildi
Jahon | 00:36
-
Deputatlar O‘zbekistonning yadroviy zararni qoplash bo‘yicha konvensiyaga qo‘shilishini ma’qulladi
O‘zbekiston | 23:46 / 27.05.2025
-
Yangi sun’iy intellekt modeli yolg‘on gapirish va odamlarni shantaj qilishni o‘rganib oldi
Fan-texnika | 23:35 / 27.05.2025
-
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
Jahon | 23:08 / 27.05.2025
Mavzuga oid

10:10 / 04.04.2025
Tasvirga olish uchun rozilik olish talabi OAV faoliyatiga qanday ta’sir qiladi? Adliya vazirligi izohi

15:54 / 07.02.2025
Finlandiya rossiyaliklarga ko‘chmas mulk bilan bog‘liq kelishuvlarni taqiqlashga qaror qildi

07:50 / 24.10.2024
Davlat mulki obektlarini “nol” xarid qiymati bo‘yicha realizatsiya qilish tartibi bekor etilyapti

10:20 / 19.10.2024