Özbekistondagi gaz konlarida tabiiy gaz qazib çiqariş hajmi kamayib bormoqda. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
«2021 yilda belgilangan rejaga nisbatan 200 mln metr kub kam tabiiy gaz qazib çiqarilgan bölsa, 2022 yilning 11 oyida rejaga nisbatan 5 foizga kam tabiiy gaz qazib çiqarildi», - deyiladi vazirlik xabarida.
«Özbekneftgaz» AJga qaraşli gaz konlarida rejaga nisbatan sutkasiga örtaça 7,1 foizga kam tabiiy gaz qazib çiqarilmoqda. Buning asosiy sabablari sifatida gaz konlarida tabiiy gaz zaxiralarining kamayib borayotganligi va konlarda avariyalar kelib çiqayotganligi körsatilgan.
Qayd etilişiça, bugungi kunda körilayotgan çoralarga qaramasdan havo haroratining keskin sovib ketişi sababli quvurlarda gaz bosimining pasayişi kuzatilmoqda. Qazib çiqarilayotgan tabiiy gaz töliq içki iste’mol uçun, xususan aholi va ijtimoiy soha obektlari hamda issiqlik elektr stansiyalariga yönaltiriladi.
Avvalroq, Özbekistondan Xitoyga 2022 yilning 10 oyi davomida salkam 917 mln dollarlik gaz import qilingani ma’lum qilingandi. Bu – ötgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 barobarga köp.

















