Uzbekistan Airports xabariga köra, köriniş masofasi - 1000 metrgaça, qor, havo harorati 5 daraja sovuq, işqalaniş koeffitsiyenti - 0,28.

«Aeroflot»ning Moskva-Samarqand yönalişi böyiça SU-1874 reysi va Istanbul-Samarqand yönalişi böyiça Turkiya havo yöllarining TK-372 reysi Toşkentdagi muqobil aeroportga yönaltirildi.

Fly Dubai aviakompaniyasining reysi ob-havo yomonlaşgunga qadar — mahalliy vaqt bilan 03:07 da Samarqand aeroportiga qönişga muvaffaq böldi. Biroq samolyotning yetib kelişi keçikkanligi sababli Samarqanddan uçiş vaqti soat 16:15 ga keçiktirildi.

Hozirda aeroportning yerda xizmat körsatiş xodimlari barça zarur çoralarni körmoqda – bir neça soat davomida uçiş-qöniş yölagi va yuriş yölaklarini maxsus texnika va kimyoviy vositalar yordamida tozalaş işlari olib borilmoqda.

Ob-havo şaroitidan kelib çiqib, samolyotlarni qabul qiliş va jönatiş böyiça çeklovlarni mahalliy vaqt bilan soat 13:00 gaça uzaytiriş töğrisida qaror qabul qilingan.