Uluğbek Fayziyev / Foto: "Zarafshan Golden Group" kompaniyasi matbuot xizmati

Kun.uz davlat fuqarolik xizmatçisi tadbirkorlik bilan şuğullanişi qonunçilikda taqiqlangan bölsa-da, Navoiy viloyati Qiziltepa tumani hokimi, senator Uluğbek Fayziyev qator MÇJlar rahbari sifatida qolayotgani hamda Fayziyev hokimlik qilayotgan tumandagi ayrim quriliş işlari uning ta’sisçiligidagi MÇJga berilgani haqida xabar qilgandi. “Zarafshan Golden Group” MÇJ va Qiziltepa tumani hokimligi mazkur xabarga rasmiy munosabat bildirdi.

Qiziltepa tumani hokimligiga köra, Uluğbek Fayziyev hokimlikka tayinlagunga qadar va ayni paytda ham birorta korxonada rahbar sifatida faoliyat yuritmagan. 2017 yilda taşkil etilgan “Gʻani bobo chorvasi” fermer xöjaligining ta’sisçisi va rahbari Zohid Oçilov hamda 2018 yilda Uluğbek Fayziyev va Finlandiya fuqarolari Belik Anna va Palmu Linda ta’sisçiligida taşkil etilgan, biroq faoliyat yuritmagan “FINUZSOLITIONS” MÇJ QKga Bozorov Fozili Odilzoda direktor etib tayinlangan.

“Zarafshan Golden Group” MÇJ rasmiy munosabatida ta’kidlanişiça, xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengaşining 2022 yil  13 oktyabrdagi qarori bilan Qiziltepa tumanida joylaşgan 3 ta hududdagi içimlik suv obektlarini barpo etiş va rekonstruksiya qiliş MÇJga tavsiya etilgan.

“Mazkur qarordan kompaniyamiz bexabar bölib, obektlar Qiziltepa tumani hududida joylaşganligi, kompaniya asosçisi Uluğbek Fayziyev bugungi kunda Qiziltepa tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritayotganligi bois manfaatlar töqnaşuviga yöl qöyilmasligi hamda jamiyatimiz tomonidan bugungi kunda işlab çiqariş yönalişiga e’tibor oşirilayotgani sababli mazkur obektlar qurilişini amalga oşirmaslik haqida bir neça marotaba ma’lum qilganmiz.