Ijtimoiy tarmoqlarda “Farğonada sanoat korxonalaridan gaz uzib qöyilişi natijasida 10 minglab aholi işsiz qolmoqda, ular gaz ulab berilişini sörab, köçaga çiqişmoqda” sarlavhasi ostida murojaat tarqaldi.

Unga köra, Özbekiston tumani Şörsuv şaharçasidagi “Şörsuv sement” (Albus) korxonasining işçilari öz korxonalarini tabiiy gazdan uzmasliklarini sörab çiqişgan. “Hududgaz Farğona” holatga rasmiy munosabat bildirdi.

Ta’kidlanişiça, Özbekiston böylab ob-havo keskin sovişi va buning natijasida qazib olinayotgan va import qilinayotgan gaz iste’molga yetmay qolayotgani oqibatida magistral gaz quvurlaridagi bosim minimal qiymatgaça kamayib ketgan. Bu holat Farğona vodiysida ham kuzatilmoqda.

Bunday holatda birinçi navbatda ijtimoiy soha obektlari, jumladan maktablar, maktabgaça ta’lim muassasalari, tibbiyot muassasalarini tabiiy gaz bilan ta’minlaşda bosimni barqaror uşlab turiş uçun sement zavodlari vaqtinça ta’minotdan uzilgan.

Bu vaqtinçalik çoralar natijasida nafaqat Şörsuv şaharçasidagi “Şörsuv sement”, balki şu hududdagi “Turon Eko Tsement”, “Turon PFK”, “Şaffofsement sanoat”, “Quriliş aşyo sifat” MÇJlarga qaraşli işlab çiqariş korxonalari ham Vazirlar Mahkamasining tegişli bayyonnomasiga asosan 2022 yil 27 noyabr kuni tabiiy gaz tarmoğidan muhrlaş yöli bilan uzilgan.

Sababi, yuqorida nomlari körsatilgan ulgurji iste’molçilar Farğona viloyati hokimligi, “Özneftgazinspeksiya” Farğona viloyati hududiy bölimi, Magistral gaz quvurlari boşqarmasi va “Hududgaz Farğona” gaz ta’minoti filiali tomonidan tasdiqlangan 2022-2023 yil kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz yetkazib beriş kafolatlanmaganlar röyxatida turadi.

Qolaversa, iste’molçi bilan tuzilgan tabiiy gaz yetkazib beriş va qabul qiliş şartnomasining 2-bob 2.5-bandida quyidagiça şart yozilgan: Qonunçilik hujjatlarida belgilangan tartibda maişiy iste’molçilarni, idoraviy va munitsipal uy joy fondini, aholi ehtiyojlarini, şuningdek strategik va ijtimoiy ahamiyatga ega bölgan iste’molçilarni ob-havo sovib ketişi davrida gaz bilan uzluksiz ta’minlaş maqsadida tabiiy gazdan foydalaniş qoidalarida belgilangan tartibda iste’molçiga tabiiy gaz yetkazib beriş qisqartirilişi yoki butunlay töxtatilişi mumkin.

“Şuningdek, şartnomaning 2.7-bandiga köra, iste’molçi tabiiy gazdan foydalaniş qoidalariga muvofiq zaxira yoqilğisiga (3 oy davomida ehtiyojini qoplaydigan)