O‘zbekiston | 07:55 / 07.12.2022
1169
2 daqiqa o‘qiladi

Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish milliy tizimi joriy etiladi

Foto: Shutterstock

Vazirlar Mahkamasining “Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish milliy tizimi to‘g‘risidagi nizomini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Loyihada quyidagilar nazarda tutilgan:

  • band bo‘lmagan aholini kasbga tayyorlashni, qayta tayyorlashni va ular malakasini oshirishni tashkil etish;
  • kasbga o‘qitishga doir davlat buyurtmasini shakllantirish va joylashtirish;
  • malakani baholash markazlari faoliyatini tashkil etish;
  • Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ish qidirayotgan shaxslar va ishsiz shaxslar kasbiy malakasini baholash hamda tasdiqlash;
  • malakani baholash markazlari tomonidan malaka pasporti berilishini ta’minlash;
  • tasdiqlangan malakaga ega bo‘lgan shaxslar milliy reyestrini yaratish va uning amal qilishini ta’minlash;
  • Bildirilishicha, loyiha qabul qilinishi natijasida vazirlik va idoralar huzurida tashkil etilgan kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq kengashlari ish faoliyati samarali tashkil etiladi.

Malakani baholash markazlari tomonidan malakani baholash shaffoflik, xolislik, mustaqillik, manfaatlar to‘qnashuvini istisno etish, shaxsga taalluqli ma’lumotlar maxfiyligi va ochiqlik tamoyillari asosida kasb standartlari talablari yoki belgilangan tartibda tasdiqlangan amaldagi tarif-malaka ma’lumotnomalari talablariga muvofiq tegishli soha bo‘yicha ixtisoslashgan ekspertlardan iborat bo‘lgan ekspert malaka komissiyasi tomonidan malaka imtihonlari o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Mavzuga oid