Inglizça çinakam ikkinçi til
Yaponiya va Singapurda ingliz tili ikkinçi til ekani aytiladi, ammo bu davlatlarda hamma ham bu tilda gaplaşa olmaydi. Masalan, Yaponiyadagi katta mehmonxonada ingliz tilini tuşunadigan menejyerni uzoq qidirişgani yodimda, haydovçi, dökondorlarni-ku aytmay qöyavering, hammasi qölida audio tarjimon uşlab ötirişadi. Qançalik ajablanarli bölmasin, Singapurda ham oddiy odamlar yuradigan joylarda inglizçani köpçilik bilmaydi.
Ammo Qatarda vaziyat umuman boşqaça. Deyarli hamma qatarliklar, mahalliy arablar ham, boy arablarning hindistonlik xizmatçilari ham, efiopiyalik yoki nepallik taksiçilar ham, «Makdonalds»dagi (McDonald’s) filippinliklar ham inglizçani bilişadi. Ayniqsa, Qatar politsiyasi zobitlarining ingliz tilida ravon gapirişini körib hayron qolasiz. Boşida bu narsa jahon çempionati bilan boğliqmikin deb öyladik, lekin mamlakatni aylanib amin böldikki, bular ançadan buyon ingliz tili bilan yaşab kelmoqda, çunki bir neça yilda hammaga ingliz tilini örgatib qöya olmaysiz.

Tilni yaxşi bilganlar
Qatarda kim inglizçani yaxşiroq bilsa, öşa yaxşiroq işda işlay oladi. Buni diqqat bilan kuzatgan odam darrov payqaydi. Masalan, media markazga kirişda kiçik nosozlik sabab tuşunmovçilik yuzaga keldi. Eşikbon politsiyaçilar ham binoyiday inglizça gapirib turişibdi, ammo ba’zi atamalar ular uçun tuşunarsiz bölgani uçun, şuningdek, kirişga kattalarining ruxsati kerakligini aytib, özlari böysunadigan kattaroq zobitni çaqirişdi. Salobati va yulduzlari kattaligidan ularning boşliği kelganini taxmin qildik. Va öşa yulduzi katta politsiyaçi inglizçada qolganlaridan yaxşiroq gapirib, bir daqiqada muammoni hal qildi.
Boşqa joylarda ham şunday: masalan, «Makdonalds»da kassada turadigan qiz ofitsiant qizlardan yaxşiroq inglizça gaplaşadi, menejyer esa ulardan ham yaxşiroq. Metrodagi afrikalik köngilli, yöl körsatuvçilar ham inglizçada kerakli darajada gapiradi, ammo temiryöl nazoratçisi bölgan va ratsiya kötarib yuradigan boşqaruvçilar inglizlarning tilida xuddi ular kabi sof gapiradi.
Metroda mahalliy arab muxlislar bilan gaplaşib qolganda ham ularning köpi inglizçada bemalol gapira olmoqda. Darvoqe, Saudiya arablari ham tilni yaxşi bilişadi. Erkaklar işlaydi, xorijliklar bilan muloqot qiladi deymiz, lekin arab ayollarining ham inglizçani bilişiga nima deysiz? Köçalarda sayyohlar köp marta arab ayollaridan yöl söragani, mezbon ayollar ularga toza inglizçada javob berganiga guvoh böldik.



















