Özbekiston tomonidan qurilgan va xizmat körsatib kelinayotgan Hayraton – Mozori Şarif temiryölini boşqariş huquqi Qozoğistonning Mansour Fatih kompaniyasi ixtiyoriga ötadi. Bu haqda Tolo News xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, Qozoğiston kompaniyasi Afğonistonning 106 kilometrlik butun temiryöl tizimini boşqariş va xizmat körsatiş huquqini qölga kiritgan.
«Biz şu paytgaça «Söğdiyona-Trans» ŞK (“Özbekiston temiryöllari” AJga qaraşli) kompaniyasiga 15 million dollar tölab kelardik va ular Hayraton portidagi 22 kilometr yölga xizmat körsatardi. Yangi kompaniya esa 106 kilometr yölga xizmat körsatadi», — deya ta’kidlagan Afğoniston temiryöllari boşqarmasi boşliği vazifasini bajaruvçi Baxtulrahmon Şarafat.
Uning qöşimça qilişiça, Afğoniston tomoni yangi kompaniyaga yiliga 4,1 million dollar tölaydi.
Mansour Fatih kompaniyasi rahbari örinbosari Bisenbay Mahanoxning ma’lum qilişiça, kompaniya uşbu şartnomani tender orqali qölga kiritgan.
Avvalroq, Afğonistondagi naşrlar «Tolibon» hukumati Hayraton — Mozori-Şarif temiryöli boşqaruvini öz qöliga olmoqçi ekani haqida xabar tarqatgandi. Xususan, Afğoniston temiryöllari boşqarmasi (ARA) mamlakat temiryöl vokzallarini qöşni davlatlar bilan işlatiş böyiça şartnomalar Afğoniston manfaatlarini hisobga olmasdan tuzilgani, bu şartnomalarni qayta körib çiqiş rejalaştirilayotganini ma’lum qilgandi. Ammo «Özbekiston temiryöllari» matbuot xizmati bu xabarlarni rad etib, Afğoniston tomoni özaro hamkorlikdan mamnun ekanligini ta’kidlagandi.
Ma’lumot uçun, loyiha qiymati 129 mln dollar, uzunligi 75 km bölgan "Hayraton – Mozori-Şarif" temiryöli 2010 yilning noyabr oyida qurib bitkazilgan. Uni boşqariş va texnik xizmat körsatiş işlarini 2011 yilning dekabridan beri "Özbekiston temiryöllari" aksiyadorlik jamiyati şu’ba korxonasi "Söğdiyona Trans" amalga oşirib kelayotgan edi.

















