Oliy Majlis Senati majlisida «Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoiy javobgarlik yanada liberallaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qöşimça va özgartirişlar kiritiş töğrisida»gi qonun muhokama qilindi.

Qayd qilinişiça, 2023 yilda 1911 nafar, 2024 yilda 2214 nafar voyaga yetmagan şaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan va sudlangan. Ötgan yilda ular tomonidan sodir etilgan va ijtimoiy xavfi katta bölmagan jinoyatlar 1238 ta, unça oğir bölmagan jinoyatlar soni esa 855 tani taşkil qilgan.

Qonun bilan Jinoyat kodeksining bir qator moddalariga qöşimça va özgartiş kiritilmoqda.

Jumladan, 18 yoşga tölguniga qadar sodir etgan öta oğir bölmagan jinoyati uçun jazoni ötab bölgan şaxs sudlanmagan deb hisoblanişi belgilanmoqda.

Şuningdek, qonunda voyaga yetmaganlarga nisbatan ozodlikni çeklaşning hamda ozodlikdan mahrum qilişning eng kam muddati 6 oydan 1 oygaça qisqartirilişi nazarda tutilmoqda.

Senatorlarning fikriça, uşbu qonun voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoiy javobgarlikni yanada liberallaştirişga xizmat qiladi va ön sakkiz yoşga tölguniga qadar sodir etgan jinoyati uçun jazoni ötab bölgan şaxsga hayotini sudlanganlik tamğasidan xoli tarzda davom ettirişi uçun şaroit yaratadi.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.