Taşqi reklama — öz tovari va biznesi haqida atrofdagi odamlarga sözlab berişning eng qadimgi va eng dolzarb usullaridan biri sanaladi. Digital-reklamaning faol rivojlanişiga va savdoning onlayn şaklga ötişiga qaramay, taşqi reklama öz dolzarbligini yöqotmaydi. Dastlab Özbekistonda klassik statik formatlar ustunlik qilgan bölsa, keyingi yillarda multimedia formatlari keng qöllana boşlandi. Bundan taşqari, piyodalar va avtomobil harakatlarining keskin ösişi kompaniyalarga OOH (out of home) formatlari orqali odamlar bilan muloqot qiliş imkonini beradi.
2021 yilgaça qurilmalar soni taxminan 12 000 ni taşkil etgan, şundan 7 000 tasi Toşkent şahriga töğri kelgan bölib va Özbekistonda klassik bilbordlarni ommaviy demontaj qiliş boşlangan va ularning soni 65% ga kamayganiga qaramay, raqamli formatlar uluşi jadal ösib bormoqda. 2022 yilda LED ekranlar soni 40% ga oşdi.
Yaqin vaqtgaça taşqi reklama bozorida reklama kampaniyalarini prognoz qiliş hamda qamrovni hisoblaş uçun heç qanday vosita mavjud emas edi. Ammo yangi texnologiyalar paydo bölişi bilan outdoor-reklama digital-kommunikatsiyaning töla huquqli iştirokçisiga aylandi. Özbekistonning Ledokol Group reklama agentligi 2022 yilda taşqi reklama samaradorligini baholaşning yangi tizimi – METER'ni joriy qilişni boşladi.
Tizim uşbu ma’lumotlarni tahlil qiliş imkonini beradi:
- telekommunikatsiya kompaniyalaridan (mobil aloqa operatorlarining şaxsiylaştirilmagan ma’lumotlari);
- mobil ilovalardan (navigatorlar, öyinlar, ijtimoiy tarmoqlar, lifestyle ilovalari va boşqalar);
- Internet DMP'dan profillarni (qiziqişlar, sevimli maşğulotlar, taşrif buyurilgan saytlar/ilovalar).
«Özbekiston bozorida taşqi reklama talabgir sanaladi. Uning öziga xosligi uning soddaligida bölib — hamma uning nima ekanligini va qanday işlaşini yaxşi tuşunadi. Mijozlarda joylaştirişga ehtiyoj bor, şuning uçun, reklama kampaniyasining samaradorligi ustida işlayotgan operatorlar hamda agentliklarning nostandart yondaşuvlari tufayli sohaga talab bor va u rivojlanişda davom etmoqda. Biroq taşqi reklamaning asosiy muammosi şundaki, uzoq vaqt davomida uning miqyosi ölçanmagan edi. Raqamli texnologiyalarning rivojlanişi bilan aniq ölçaş tizimini yaratiş uçun yangi imkoniyatlar paydo böldi. Ledokol Group reklama agentligi METER AdTesç startapining hamkoriga aylandi. Endilikda, Özbekiston taşqi reklama bozorida raqamlar asosida qurilmalarni tanlaş, mijozlarga segmentlar böyiça qamrov hisobini taqdim etiş, reytinglar böyiça Top'dagi reklama yuzalarini tuşuniş, issiqlik xaritalarini segmentlar böyiça tahlil qiliş hamda, samarali-optimallaştirilgan reklama kampaniyasini ötkaziş mumkin», - deya şarhladi OOH Ledokol Group bölimi rahbari Muzaffarov Şerzod Jörayeviç.


















