Mundial raqamlari: rekordlar, antirekordlar va faktlar
|17:55 / 08.12.202228 33210 min
Messi Maradonani ortda qoldirdi, Neymar Pele va Ronaldoga tenglaşdi, Braziliya Germaniyadan özib mutlaq rekord qayd etdi. Hakamlar jahon çempionati guruh bosqiçidagi 48 uçraşuvga jami 511 daqiqa qöşib berişdi. Bu 5 ta töliq öyindan köproq degani.
Foto: CLIVE BRUNSKILL / RICHARD HEATHCOTE / CATHERINE IVILL/GETTYFoto: CLIVE BRUNSKILL / RICHARD HEATHCOTE / CATHERINE IVILL/GETTY
Qatarda ötayotgan JÇ-2022 bahslari özining qizğin pallasiga kirdi. Har öyindan keyin turli rekordlar qayd etilmoqda. Quyida musobaqada jamoalar va futbolçilar tomonidan yangilangan tarixiy rekordlar, faktlar va raqamlar bilan tanişing.
— Lionel Messi JÇ-2022 nimçorakfinalida Avstraliya darvozasini işğol etib, mundiallardagi gollar soni borasida maşhur vatandoşi Diyego Maradonani ortda qoldirdi. Bu argentinaliklar yetakçisining jahon çempionatlarida urgan 9-goli böldi. Maradona hisobida 8 gol mavjud. Bu borada Gabriel Batistuta mutlaq rekordçi sanaladi – 10 gol.
Şuningdek, bu Messi uçun uning jahon çempionatlari pley-offida urgan dastlabki goli böldi. Argentinalik sardor bungaça gollarini faqat guruh bosqiçida urgan.
— Messi uçun Avstraliyaga urilgan gol uning professional faoliyatidagi yubiley – 1000-uçraşuvida kiritildi. Lionel hisobida 789 gol mavjud. U klublar darajasida 831 öyin ötkazgan – «Barselona»da 778, «PSJ»da – 53 öyin. Argentina milliy jamoasi libosini esa 169 marta kiyib maydonga tuşgan.
— Voysex Şçensni guruh bosqiçida Argentinaga qarşi uçraşuvda 9 ta seyv amalga oşirdi. «Yuventus» posboni Qatardagi jahon çempionatida bir uçraşuvda eng köp seyvga ega bölgan yetakçi darvozabonga aylandi.
— Memfis Depay Niderlandiya milliy jamoasi töpurarlari röyxatida ikkinçi öringa çiqib oldi. «Barselona» hujumçisining AQŞ darvozasiga yöllagan aniq zarbasi uning milliy jamoada urgan 43-goliga aylandi. Depay töpurarlar poygasida 42 golga ega Klass-Yan Huntelarni ortda qoldirdi. Peşqadam Robin van Persi hisobida esa 50 gol mavjud.
— Dani Alves Braziliya milliy jamoasi libosida maydonga tuşgan eng katta yoşli futbolçiga aylandi. Kamerun bilan 3-tur bahsida iştirok etgan tajribali himoyaçi 39 yoş, 6 oy va 27 kunni qarşi olgandi. «Pentakampeonlar» libosini ilk marta 2006 yilda kiygan Alves bugungi kungaça 124 uçraşuv ötkazib, 8 gol va 21 assist muallifi bölgan.
— Luka Modriç – turli uç önlikdagi jahon va Yevropa çempionatlarida qatnaşgan futbol tarixidagi birinçi futbolçiga aylandi. 37 yoşli yarimhimoyaçi Xorvatiya şarafini 2006, 2014, 2018 va 2022 yilgi jahon çempionatlarida, şuningdek 2008, 2012, 2016 va 2020 yilgi Yevropa çempionatlarida himoya qilgan.
— Braziliya jahon çempionatlarida guruh bosqiçida qatorasiga 17 uçraşuvda mağlubiyatga uçramagan dastlabki jamoa böldi. Beş karra jahon çempionlarining ajoyib seriyasi Kamerunga qarşi bahsda (0:1) yakuniga yetdi.
Mavzuga oid
— Saudiya Arabistoni JÇ guruh raundida sariq kartoçkalar soni böyiça rekord örnatdi. Erve Renar şogirdlari guruh turnirining uç öyinida jami 14 marta ogohlantirildi: Argentina va Meksikaga qarşi öyinlarda 6 martadan va Polşa bilan bahsda 2 marta.
— Marokaş jahon çempionatlari guruh bosqiçida Afrika jamoalari orasida oçkolar soni böyiça rekordni qayd etdi – 7 oçko.
— Manuel Noyyer mundiallarda darvozabonlar orasida öyinlar soni böyiça mutlaq rekordçiga aylandi. Germaniyalik golkiper jahon çempionatlarida 19-uçraşuvini ötkazdi va bu borada braziliyalik Klaudio Taffarel (18) va hamyurti Zepp Mayyerni (18) ortda qoldirdi. Angliyalik Piter Şilton, ispaniyalik Iker Kasilyas, italiyalik Dino Dzoff va fransiyalik Fabiyen Bartez hisobida 17 tadan öyin bor.
— Hakamlar jahon çempionati guruh raundidagi 48 uçraşuvga jami 511 daqiqa qöşib berişdi. Bu 5 ta töliq öyindan köproq degani! Jamoalar 1-turda qöşimça 178 daqiqa va 2-turda ortiqça 166 daqiqa öynab bergan bölişsa, 3-turda bu raqam 167 daqiqani taşkil etdi.
— Markus Reşford 1966 yilda Bobbi Çarltondan söng «Mançester Yunayted»ning jahon çempionatida 3 gol urgan dastlabki futbolçisiga aylandi.
— Harri Keyn 2002 yilda Devid Bekhemdan söng jahon çempionatida 3 assistni amalga oşirgan dastlabki ingliz futbolçisi böldi.
— Angliya jahon çempionati final bosqiçida 100 va undan köproq gol urgan yettinçi jamoaga aylandi. Futbol vatani vakillariga qadar Braziliya (232 gol), Germaniya (228), Argentina (140), Italiya (128), Fransiya (126) va Ispaniya (107) jamoalari ham şunday natijani qayd etişgan.
— Şuningdek, Angliya Uelsni 3:0 hisobida mağlub etgaç mundial guruh bosqiçida gollar soni borasida öz rekordini ham yangiladi – 9 gol.
— Moyses Kaysedo Ekvador milliy jamoasining mundialda gol urgan eng yoş öyinçisiga aylandi – 21 yoş, 27 kun.
— Lui van Gaal jahon çempionatida Niderlandiya milliy jamoasini boşqargan 10 uçraşuvning birortasida mağlubiyatga uçramagan. Bunda «Lolalar yurti» milliy jamoasining musobaqadagi qöşimça taymlari va penaltilar seriyasidagi iştiroki inobatga olinmagan.
— Kalidu Kulibali Senegal jamoasining jahon çempionatlarida gol urgan eng katta yoşli futbolçisiga aylandi – ekvadorliklar darvozasini işğol etgan oqşomda u 31 yoş va 162 kunni qarşi olgandi. Şuningdek, u milliy jamoadagi 67-uçraşuvida dastlabki goli quvonçini tuydi.
— Niderlandiya milliy jamoasi özi iştirok etgan 9 jahon çempionatining barçasida guruhdan pley-offga çiqqan. Bu mundial iştirokçilari orasida qayd etilgan eng yaxşi natija sanaladi.
— Kodi Gakpo Niderlandiya milliy jamoasining jahon çempionatlarida ketma-ket uç öyinda gol urgan törtinçi futbolçisiga aylandi. «Uçar hollandlar»dan şuningdek, Yohan Neskens (1974), Dennis Bergkamp (1994) va Uesli Sneyder (2010) uşbu natijani qayd etişgan.
— Rodri jahon çempionatlarida bir uçraşuvda umumiy töp uzatmalar (215) va aniq töp uzatmalar (204) soni böyiça yangi rekord natijaga ega böldi.
— Alvaro Morata Yaponiya darvozasiga gol urib, Telmo Sarraning tarixiy natijasini takrorladi. Ispaniyalik forvard bitta jahon çempionatida dastlabki uç uçraşuvda 3 gol urgan ispaniyalik ikkinçi futbolçiga aylandi. Alvaroga qadar bu natijani Telmo Sarra 1950 yilgi musobaqada qayd etgandi.
— Brunu Fernandeş Portugaliya milliy jamoasining sönggi 8 golida bevosita iştirok etgan futbolçiga aylandi. Urugvayga qarşi öyinda dublni qayd etgan yarimhimoyaçi milliy milliy jamoaning sönggi 5 öyinida 5 gol va 3 assist muallifiga aylandi.
— Kanada jahon çempionatlarining tarixiy antirekordini takrorladi. Hokkey vatani vakillari musobaqada ötkazgan barça 6 uçraşuvda raqibga imkoniyatni boy berişdi. Bu borada jamoa aynan ikkita turnirda iştirok etib barça 6 öyinda mağlubiyatga uçragan Salvador safidan örin egalladi.
— Yaponiya Ispaniyaga qarşi uçraşuvda antirekord qayd etdi. «Kunçiqar yurt» vakillari öyin vaqtining bor-yöği 18 foiz qismida töp nazoratiga ega bölib, ğalaba qozongan jamoalar orasida bu borada eng quyi körsatkiçni qayd etişdi.
— Tibo Kurtua Xorvatiyaga qarşi bahsda Belgiya milliy jamoasidagi yubiley 100-uçraşuvini ötkazdi. Uşbu posbon «Qizil iblislar» tarixida uşbu natijaga erişgan Yan Vertongen, Aksel Vitsel, Tobi Alderveyreld, Eden Azar, Dris Mertens, Romelu Lukakudan keyingi yettinçi öyinçiga aylandi.
— Ivan Perişiç Xorvatiya milliy jamoasining jahon çempionatlaridagi eng yaxşi töpurari safida peşaqadam Davor Şukerga yetib oldi. Yaponiya darvozasiga kiritgan töp uning mundiallardagi 6-goli böldi. JÇ-1998 qahramonlaridan biri Davor Şuker hisobida ham 6 gol mavjud.
— Argentina milliy jamoasi Polşaga qarşi bahsda jahon çempionatlarida aniq töp uzatmasi böyiça (800 pas) va aniq töp uzatmalar foizi (92 foiz) böyiça rekordni qayd etdi.
— Stiv Mandanda Fransiya milliy jamoasi tarixida mundiallarda iştirok etgan eng katta yoşli öyinçi sifatida e’tirof etildi. Tunisga qarşi JÇ-2022 3-tur öyinida maydonga tuşgan Mandanda 37 yoş va 247 kunga tölgan edi.
— Neymar Braziliya jamoasi safida Janubiy Koreya darvozasiga töp kiritib, uçta jahon birinçiliklarida gol urgan braziliyalik uçinçi futbolçi böldi – u 2014, 2018 va 2022 yilgi turnirlarda öz hisobiga gol yozdirib qöygan. Neymarga qadar Pele (1958, 1962, 1966, 1970) va Ronaldo (1998, 2002, 2006) ham şu natijaga erişişgan.
— Braziliya jahon çempionatlarida qatorasiga sakkizinçi marta 1/4 final bosqiçiga yöllanma oldi. «Selesao» bu davrda 1994 va 2002 yilgi turnirlarda boş sovrinni qölga kiritgan.
— Dani Alves Janubiy Koreyaga qarşi 1/8 final öyinida ikkinçi bölimda maydonga tuşib, Braziliya milliy jamoasidagi öyinlar soni borasida Roberto Karlosni ortda qoldirdi. Dani uçun bu «Pentakampeonlar» safidagi 126-öyin böldi va bu borada u ikkinçi örinni egallab turibdi. Peşqadam Kafu hisobida 142 öyin mavjud.
— Braziliya jahon çempionatlarida 113-uçraşuvini ötkazib, bu borada Germaniyadan (112 öyin) özib ketdi va mutlaq rekordni qayd etdi. Şuningdek, braziliyaliklar Janubiy Koreya darvozasini tört marta işğol etib musobaqada umumiy gollar borasida (236 gol) Germaniyani (232) yana ortda qoldirdi.
— Tiago Silva Janubiy Koreyaga qarşi bahsda assistni amalga oşirib, jahon çempionatining eng faxriy yoşli assistentiga aylandi – 38 yoş va 74 kun.
— Messi uşbu musobaqada antirekordga ham ega böldi. U turnirda ikkita penaltidan foydalana olmagan ikkinçi öyinçi böldi. Argentinalik yulduz JÇ-2018da Islandiya darvozasiga «nuqta»dan gol ura olmagandi. Endi esa polyak posboni Şçensnini alday olmadi. Bunday natijani qayd etgan dastlabki futbolçi Asamoa Gyan edi. Gana milliy jamoasi hujumçisi 2006 yilgi musobaqada Çexiya darvozasiga penaltidan gol ura olmagan, 2010 yilda Urugvay posbonini doğda qoldira olmagan.