Politico naşri Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyni 2022 yilda Yevropaning eng nufuzli şaxsi deb topdi. «Yevropalik yetakçilar 44 yoşli erkak bilan suratga tuşiş uçun Kiyevga qanday yugurişayotganiga qarang, u zaytun-yaşil rangli futbolkasida tantanali ravişda suratga tuşmoqda. Uning yonida turgan siyosatçilar e’tiborga tuşişga intilmoqda. Zelenskiy qolganlarni Yevropa kelajagi Ukrainada ekanligiga işontirdi – fevral oyida Rossiya bosqinidan oldin bunga kam odam işongandi», — deyiladi Politico 7 dekabr, çorşanba kuni çop etgan materialda.

Öz navbatida, Volodimir Zelenskiy Politico'ning uşbu soni uçun maxsus yozilgan murojaatida öz mustaqilligini himoya qilayotgan Ukraina fuqarolariga, şuningdek, ukrainaliklarga barqarorlikni saqlaşda yordam berayotgan Yevropadagi barça döstlarga minnatdorçilik bildirdi. «Men ukrainaliklar kelasi yilda ham eng nufuzli bölişiga işonaman, lekin tinçlik davrida», — dedi Zelenskiy.

Şu bilan birga, Politico Rossiya prezidenti Vladimir Putinni «yilning eng muvaffaqiyatsiz odami» deb e’lon qildi. «Vladimir Putinning buyuk Rossiya haqidagi orzusi röyobga çiqişi dargumon. Uning Ukrainaga keng kölamli hujumi boşlangani kabi juda tez vayron böla boşladi. U Rossiyani 3-darajali davlatga aylantirdi, özi kam baholagan va nafratlangan raqibni mağlub eta olmaydigan. Putinning qaysarligi uruşning çözilib ketişi ehtimoli borligini bildiradi. Putinning öz orzusiga erişa olmagani uning qöşnilari uçun dahşatli tuş bölib qolmaydi, degani emas», — deya ta’kidlaydi Politico.

Umuman olganda, Politico 2022 yilda Yevropaning eng nufuzli odamlari reytingiga 28 nafar siyosatçini kiritdi.

2022 yil dekabr oyi boşida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Amerikaning Time jurnali va Britaniyaning Financial Times gazetasi tomonidan yil odami deb topildi.