«Men ukrainaliklar kelasi yilda ham eng nufuzli bölişiga işonaman, lekin tinçlik davrida», dedi Zelenskiy va «barqarorlikni saqlaşga yordam bergan Yevropadagi barça döstlarga» va «millionlab odamlarga bu dahşatli vaqtni yengib ötişga yordam bergani» uçun minnatdorçilik bildirdi.
«Yevropa özgarmoqda. Qit’a özining strategik munosabatlarini qayta körib çiqmoqda, mudofaaga jiddiyroq munosabatda bölmoqda, savdo siyosati, şuningdek, kengaytiriş va energiya xavfsizligi siyosatini qayta körib çiqmoqda. Umuman olganda, u yevropalik böliş nimani anglatişini qayta körib çiqmoqda - va bu köp jihatdan prezident bölgan ukrainalik komediya aktyori tufayli sodir bölmoqda», — deya tuşuntirdi Politico Zelenskiyni Yevropadagi eng nufuzli şaxs deb tan oliş haqidagi qarorini.
Bundan oldin Britaniyaning Time jurnali talqiniga köra, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va «Ukraina ruhi» «yil odami» bölgandi.
Naşrning ta’kidlaşiça, Zelenskiy bosqinning dastlabki murakkab haftalarida Kiyevni tark etmadi. Janglar davomida rus bosqinçilari öz maqsadiga erişa olmadi.
Jurnalistlar eng oğir davrda Ukrainada qolgan Zelenskiyni Afğonistonning sobiq prezidenti Aşraf Ğani bilan taqqoslaşadi. «Tolibon» kuçlari yaqinlaşgaç, Ğaniy poytaxtdan qoçib ketgan edi.
Zelenskiy vaziyatga moslaşa oldi va bosim ostida özini yöqotmaslikni örgandi. Prezident ortidan minglab ukrainaliklar qurolni qölga olib, öz uyi himoyasiga otlandi, deb yozdi naşr.


















