Uçraşuvda jamğarma Yaqin Şarq, Şimoliy Afrika, Şarqiy Yevropa va Markaziy Osiyo böyiça mintaqaviy direktori Dina Salex sözga çiqib, jamğarma keyingi 5 yildagi Özbekistonga oid mamlakat strategik imkoniyatlari dasturini taqdim qildi.

Kambağallikni kamida 2 baravarga qisqartiriş, dehqon va fermerlar daromadini kamida 2 baravar köpaytiriş, yangi iş örinlari yaratiş, raqobatbardoşlikni oşiriş va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaş vazifalarini qöllab-quvvatlaş uşbu dastur asosiy maqsadi ekani ma’lum qilindi.

Xalqaro jamğarma tomonidan öz mablağlari va qöşimça moliya resurslari hisobidan Özbekiston qişloq xöjaligiga 600 million dollardan ziyod investitsiya kiritilişi ma’lum qilindi.

Uşbu dastur orqali mamlakatda 205 mingdan ziyod dehqon va fermer xöjaliklari qamrab olinişi, yoşlar va ayollar imkoniyatlari yaxşilanişi hamda iqlim özgarişiga mos biznes modellari işlab çiqilişi rejalaştirilgan.

Dina Salex jamğarma iştirokida joriy yil oktabr oyida Özbekistonda ötkazilgan xalqaro tadbirda uşbu dastur mahalliy jamoatçilik tomonidan keng muhokama qilinganini ta’kidladi hamda jamğarma mamlakat miqyosidagi faoliyatini yanada oşiriş maqsadida Toşkentda vakolatxona oçilişini olqişladi.