Turkiyaning Kirşehir şahrida «An’anaviy, töldiruvçi va integrativ tibbiyot usullari» mavzusida ötkazilgan qurultoyda «Ibn Sino» jamoat fondi raisi «Abu Ali ibn Sino: nur ötmiş va kelajakni yoritadi» mavzusida ma’ruza qildi. Unda Abu Ali ibn Sino merosini Özbekistonda va xalqaro maydonda örganiş hamda tarğib qiliş borasida fond tomonidan amalga oşirilayotgan işlar haqidagi batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Kongress doirasida «Ibn Sino» jamoat fondi, Kirşehir Axi Yevran universiteti va Anqaradagi Yildirim Bayazit universiteti örtasida hamkorlik memorandumlarini imzolaş marosimi bölib ötdi. 2015 yilda Buxoro şahrida Baxçişehir universiteti bilan imzolangan hamkorlik memorandumini uzaytiriş tartibi boşlandi.

«Ibn Sino» fondi delegatsiyasi a’zolari Xalqaro kongress taşkiliy qömitasi, Turkiya oliy öquv yurtlari rahbarlari va Turkiya hamkorlik va muvofiqlaştiriş agentligi boş idorasi vakillari bilan qator muzokaralar ötkazdi. 

Muzokaralar yakunida 2023 yil oktabr oyida Buxoro şahrida ötkazilişi rejalaştirilgan XII Xalqaro Ibn Sino öqişlari doirasida «Abu Ali ibn Sino: qölyozmalar-ilm-hayot» mavzusida birinçi Özbekiston-Turkiya ilmiy forumini hamkorlikda taşkil etiş va ötkaziş masalalari muhokama qilindi.