NASA tomonidan uçirilgan «Orion» kosmik kemasi Oyni aylanib ötdi va gravitatsiya kuçidan foydalanib, Yer sari yöl oldi. Bu Artemis 1 missiyasi nihoyasiga yetayotganini anglatadi.

Ekipajsiz kapsula özining eng yaqin nuqtasida Oy yuzasidan 130 km masofada uçib ötdi va turli manyovrlarni sinab kördi. Uşbu manyovrlardan odamlarni kelajakda Oyga yuboriş jarayonida foydalaniladi.

Kapsula Oyning orqa tomoniga ötganida, u bilan aloqa 30 daqiqaga uzilib qoldi. Şundan söng, Kapsula asosiy dvigatellari uç daqiqadan köproq vaqt davomida işga tuşirilib, uni Yerga yönaltirdi.

Endi Orion 11 dekabr kuni San-Diyego yaqinidagi Tinç okeaniga qönişi kutilmoqda.

Artemis missiyasi rahbari Mayk Sarafin sözlariga köra, Orion Yerga qaytgunça 1,4 million mildan ortiq masofani bosib ötadi.

Missiyaning keyingi bosqiçi Artemis II deb nomlanadi va unda odamlar ekipaji Oyga parvoz qilib, uni aylanib ötadi, biroq qönmaydi.

Artemis III missiyasi doirasida erkak va ayol astronavtlar Oy yuzasiga qönadi. Bu 2025 yildan keyin amalga oşirilişi rejalaştirilgan.