2022 yil yanvar-oktabr oylarida Özbekiston 44 ta xorijiy davlatdan 38,1 ming tonna kakao va şokolad import qilgan.

Davlat statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, kakao va şokolad importi hajmi ötgan yil mos davri bilan soliştirilganda 1,3 ming tonnaga oşgan. 

Özbekiston 10 oyda eng köp kakao va şokolad import qilgan davlatlar orasida Rossiya birinçi örinni egallab turibdi – 26,3 ming tonna.

Undan keyingi örinlardan mos ravişda 1,6 ming tonna hamda 1,6 ming tonna kakao va şokolad sotib olingan Niderlandiya hamda Ukraina joy oldi.

Uşbu körsatkiç qolgan davlatlar kesimida quyidagiça körinişga ega böldi:

  • Polşa – 1,5 ming tonna;
  • Turkiya – 1,5 ming tonna;
  • Qozoğiston – 1,4 ming tonna;
  • Xitoy – 563 tonna;
  • Belarus – 261 tonna;
  • Germaniya – 308 tonna;
  • Italiya – 148 tonna;
  • Fransiya – 134 tonna;
  • Şveytsariya – 29 tonna.