2023 yil 1 yanvardan Xorvatiya Şengen hududiga qöşiladi. Tegişli qaror 8 dekabr, payşanba kuni Bryusselda bölib ötgan yiğilişda YeI mamlakatlari içki işlar vazirlari tomonidan bir ovozdan qabul qilindi, deb xabar bermoqda Reuters. Xorvatiyaning Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan çegaralaridagi nazorat bekor qilinadi.

Şengen kelişuviga Xorvatiyadan taşqari yana ikki Yevropa Ittifoqi davlati, Bolgariya va Ruminiya ham qöşila olişi kutilgan edi. Har uçala davlat ham bu yönalişda sezilarli yutuqlarga erişdi, dedi Germaniya içki işlar vaziri Nensi Fazer. Biroq Bolgariya va Ruminiyaga Bolqon yöli deb ataladigan yöl böylab migratsiya kuçayişidan qörqib, Niderlandiya va Avstriya tomonidan qarşilik körsatildi. Avstriya içki işlar vaziri Gerxard Karnerga köra, joriy yilning özida Avstriyada 100 mingdan ortiq çegarani noqonuniy kesib ötiş holatlari qayd etilgan.

1985 yilda Lyuksemburgning Şengen şahrida erişilgan kelişuv Yevropa integratsiyasining muhim bosqiçi hisoblanadi. Xorvatiya unga qöşilişidan oldin Şengen hududiga Yevropa Ittifoqining 22 davlati, şuningdek, Şveytsariya, Lixtenşteyn, Norvegiya va Islandiya kiradi. Bu dunyodagi eng katta erkin harakatlaniş zonasi.