«Education City Stadium»da ötgan uçraşuvda köpçilik braziliyaliklarning ustunligini kutgan bölsa-da, xorvatlar tengma-teng öyin namoyiş eta olişdi. Uçraşuvning asosiy vaqtida hisob oçilmagaç, jamoalar ekstra-taymlarga ötişdi.

Nihoyat, 105+1-daqiqaga kelib Neymar ajoyib hujumni çiroyli tarzda yakunlab, stadionni larzaga keltirdi – 1:0. Qayd etiş joiz, bu gol bilan Neymar milliy jamoadagi gollari soni böyiça Pelega tenglaşib oldi – 77ta. 

Ammo 117-daqiqaga kelib Petkoviç xorvatlarning javob goliga mualliflik qilib, jamoalarni penaltilar seriyasiga taklif etdi – 1:1. 

Penaltilar seriyasida esa Livakoviç yana qahramonga aylandi. U Rodrigoning zarbasini qaytardi, sönggi zarbada esa Markinos darvoza ustunini nişonga oldi.

Şu tariqa, Xorvatiya JÇ-2022ning dastlabki yarimfinalçisiga aylandi. Ular avvalgi bosqiçda ham penaltilar seriyasida yaponlardan ustun kelişgandi.

JÇ-2022. 1/4 final. 9 dekabr
Xorvatiya – Braziliya 1:1. Penaltilar seriyasi: 4:2
Gollar: 0:1 – 105 Neymar, 1:1 – 116 Petkoviç.
Xorvatiya – Livakoviç, Yuranoviç, Lovren, Gvardiol, Sosa (Budimir, 110), Modriç, Kovaçiç (Mayer, 105), Brozoviç (Orşiç, 114), Perişiç, Paşaliç (Vlaşiç, 72), Kramariç (Petkoviç, 72).
Braziliya – Alisson, Militao (Aleks Sandro, 105), Tiago Silva, Markinos, Danilo, Kazemiro, Lukas Paketa (Fred, 105), Neymar, Rişarlison (Pedro, 84), Rafinya (Antoni, 56), Vinisius Junior (Rodrigo, 64).
Ogohlantirişlar: Danilo (25), Brozoviç (31), Kazemiro (68), Markinos (77), Petkoviç (117).