Termiz şahri A.Jomiy mahallasida yaşovçi, ikkinçi guruh nogironi bölgan Izzatillo Kulliyev viloyat hokimiga kredit asosida motoroller olganini bildirib, uşbu kredit mablağini tölaşda amaliy yordam söradi. Viloyat rahbari Kulliyevning oilaviy şaroitini, nogiron bölsa-da oilasiga daromad keltiriş maqsadida harakat qilayotganini inobatga olib, uning kredit mablağlarini tölab berdi. Qöşimça xarajatlari uçun ham moddiy yordam ajratdi.

Izzatillo Kulliyev olti nafar farzandning kenjasi. Onasi Robiya Kulliyeva 2001 yilda turmuş örtoği vafot etgaç, farzandlarini yolğiz özi voyaga yetkazgan.

Endilikda Izzatillo özining motorollerida insonlar hojatini çiqarib, oilasiga daromad keltirmoqda. Uning bu işlari tört muçasi soğ bölib, boşqalardan yordam kutib ötirgan, ayrim boqimanda insonlarga örnak bölmoqda.

2022 yilda viloyat hokimi Töra Bobolov tomonidan joylarda 45 marotaba ommaviy qabullar ötkazilib, 7612 nafar jismoniy va yuridik şaxslarning qariyb sakkiz mingga yaqin muammolari örganilgan.

Qabullarda odamlar bilan oçiq va şaffof muloqot yölga qöyilgani, aholi muammolari tinglanib, köplab masalalar hal etilgani bois, 1 dekabr holatida bolalar nafaqasi böyiça murojaatlar soni 45,4 foizga, uy-joy bilan ta’minlaş 34,1 foizga, mahalla hududidagi içki yöllarni ta’mirlaş 4,4 foizga, uy-joyni ta’mirlaş 11,9 foizga, içimlik suvi ta’minotidagi murojaatlar 12,3 foizga, maişiy gazballon bilan ta’minlaş 41,4 foizga, yer ajratiş masalasidagi murojaatlar 4,2 foizga, oilaviy nizolar böyiça murojaatlar 26 foizga kamaygan.

Birgina joriy yilning 16 iyun kuni viloyat hokimi rahbarligida eng köp murojaat tuşayotgan hudud hisoblangan Boysun tumani “Örta Maçay” hududida ötkazilgan sayyor qabul natijasida aholini qiynab kelayotgan muammolarni atrofliça örganib, şu mahallaning Xöjadiyak qişloği hududida 20 km, Sayrob mahallasi Qöşçinor qişloğiga 7 km uzunlikdagi suv tarmoğini tortiş işlari uçun zarur bölgan quvurlar ajratildi.