Surxondaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari – viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş boş boşqarmasi boşliğining kotibiyati mudiri Asliddin Bahodiroviç Mengliyev bir vaqtning özida bir qança kompaniyalarga egalik qilib kelmoqda.

Davletovuz kanali muallifining yozişiça, Asliddin Mengliyev barçasi oxirgi 3-4 yilda oçilgan uşbu korxonalarning ayrimlariga rahbarlik ham qiladi.

Mengliyev ziravorlar, xuşböy, kuçli narkotik va farmatsevtika ekinlarini yetiştiriş bilan şuğullanadigan «BONU-ELSHOD» xususiy korxonasining 100 foizlik; yoğoç, qurilish materiallari va sanitariya-texnik uskunalar ulgurji savdosi bilan şuğullanadigan «JANUB EKSPORT» MÇJ korxonasining ham 100 foizlik; yana xuddi şunday faoliyat bilan şuğullanadigan «JANUB SUV-INVEST QURILISH TA'MIR» MÇJ korxonasining 100 foizlik; qişloq xöjalik xomaşyosi, tirik hayvonlar, töqimaçilik xomaşyosi va yarim fabrikatlar ulgurji savdosi böyiça agentlar faoliyati bilan şuğullanuvçi «OBOD-YURT TOMORQA XIZMATI» MÇJning 50 foizlik ta’sisçisi hisoblanadi.

Kanal muallifining fikriça, bu korxonalar budjet buyurtmalari va davlat xaridlarida iştirok etgan-etmagani muhim emas, muhimi – davlat xizmatçilari, ayniqsa, mansabdor şaxslarning biznesdagi iştiroki nafaqat tadbirkorlik faoliyati bilan, ayni payti uluşdorlik nuqtayi nazardan ham taqiqlanişi kerak.

«Manfaatlar töqnaşuvi nihoyat jinoyat sifatida e’tirof etilişi, ayni paytda unga jazo közda tutilişi lozim. Davlat xizmati töğrisidagi, korrupsiya töğrisidagi qonunlar, şuningdek, jinoyat qonunçiligi, modomiki korrupsiyaga qarşi kuraşiş rost bölsa, şu qoidalarni inobatga olgan holda tezroq töldirilişi, muttasil takomillaştirilişi kerak. Hozirça faqat depsinib turganga öxşaymiz», – deydi bloger.