Surxondaryo viloyati hokimligi Kun.uz caytida e'lon qilingan «Surxondaryodagi mansabdor bir qança xususiy kompaniyalarga egalik qilişi ma'lum böldi» sarlavhali xabarga munosabat bildirdi.
Ma'lum qilinişiça, Surxondaryo viloyati hokimligida kotibiyat mudiri lavozimida işlab kelayotgan Asliddin Mengliyev ayni vaqtda tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanmaydi va biror bir xususiy korxonaning rahbari ham emas.
«U bir paytlar rahbarlik qilgan «BONU-ELSHOD» xususiy korxonasi 2018 yilning dekabr oyida, «JANUB SUV-INVEST QURILISH TA'MIR» MÇJ 2019 yilda turli sabablarga köra öz faoliyatini töxtatgan. Hozirda faoliyat yuritayotgan «JANUB EKSPORT» MÇJ 2019 yilda, «OBOD-YURT TOMORQA XIZMATI» MÇJ esa 2020 yilning aprel oyida taşkil etilgan», deyiladi hokimlik bayonotida.
Bayonotda aytilişiça, Asliddin Mengliyev uşbu tijorat taşkilotlariga Surxondaryo viloyati hokimligiga işga kelguniga (2020 yilning 14 sentyabri) qadar rahbarlik qilgan.
Bundan taşqari, hokimlik mansabdor şaxsi ayni vaqtda tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanmasligi hamda «JANUB EKSPORT» va «OBOD-YURT TOMORQA XIZMATI» MÇJlariga rahbarlik qilmasligini ma'lum qilgan.














