“Özbekneftgaz” AJ Boşqaruv raisi Mehriddin Abdullayev topşiriğiga asosan, Buxoro neftni qayta işlaş zavodida 2021 yilga nisbatan AI-80 rusumli avtobenzinning kunlik işlab çiqariş hajmi 2200 tonnadan 2800 tonnaga, suyultirilgan gazni esa 14 532 tonnadan 15 700 tonnaga oşirilmoqda.

Mamlakatimiz iste’molçilarini AI-80 rusumli avtobenzin va suyultirilgan gaz bilan uzluksiz ta’minlaş maqsadida Buxoro zavodida korxona va işlab çiqariş sexlari rahbarlaridan “Tezkor ştab” tuzildi.

Korxonada tovar benzinlari va suyultirilgan uglevodorod gazi işlab çiqarilişini oşirişga qaratilgan işlar tezkorlik bilan amalga oşirilmoqda. Benzin işlab çiqariş qurilmasi loyiha quvvatini 100 foizdan 115 foizga oşirdi.

Buxoro neftni qayta işlaş zavodida dekabr oyida qayta işlaş hajmlarini oşirişda import xomaşyolari uluşi ham 30 foizgaça oşirildi.

Öz navbatida, respublikamiz içki bozorida neft-gaz mahsulotlariga ortib borayotgan talabni qondiriş maqsadida işlab çiqarilgan suyultirilgan gazni iste’molçilarga yetkazib beriş nafaqat temiryöl vagonlari, balki yuk taşuvçi avtosisternalarda ham amalga oşirilmoqda.

“Özbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ