Rossiya qöşinlari ötgan sutka davomida Xerson viloyatini 51 marta öqqa tutdi. Bu haqda Ukraina prezidenti devoni rahbari örinbosari Kirilo Timoşenko Telegram’da xabar berdi. 

«Ular minomyotlar, yalpi öt oçiş reaktiv tizimlari va miltiqli artilleriyadan öq uzdi. 8 kişi yaralandi. 2 kişi halok böldi», - dedi u. 

Öqqa tutilişi natijasida şaharning turar joylari, şifoxona, dökonlar va omborlar zarar körgan, infratuzilma obektlariga jiddiy talafot yetgan, deb xabar qildi Timoşenko. 

Şu bilan birga, Rossiya qöşinlari Sumi viloyatining çegara hududlarini artilleriyadan öqqa tutdi, 48 ta snaryad kelib tuşişi qayd etildi. Bu haqda viloyat harbiy ma’muriyati rahbari örinbosari yozdi. 

Bundan taşqari, Rossiya kvadrokopterdan snaryadni turar joy binosiga taşlagani va Bolşaya Pisarevka qişloğida S-300 raketalari bilan zarba bergani aytiladi.

Avvalroq Xerson viloyatini minalardan tozalaş jarayonida tört nafar ukrainalik politsiyaçi halok bölgandi. Bu haqda mamlakat prezidenti Volodimir Zelenskiy vatandoşlariga videomurojaatida xabar berdi. 

Bundan taşqari, Zelenskiy Rossiyaning Donetsk viloyati Kuraxovo şahriga bergan zarbasi haqida batafsil ma’lumot berdi. Unga köra, bozor, elevator, yonilği quyiş şoxobçasi, avtovokzal va turar joy binosi öqqa tutilgan. 10 kişi halok böldi.

Ukrainaning energiya ta’minoti bilan boğliq vaziyatni izohlar ekan, Zelenskiy hozirda mamlakat energetika tizimlarini 100 foizga tiklaş imkonsizligidan ogohlantirdi. 

«Vaqt kerak. Şu bois aksariyat şahar va tumanlarda elektr energiyasini öçiriş jadvali saqlanib qolgan», - dedi prezident.

2 dekabr kuni keçqurun Xerson yana Rossiya qöşinlari tomonidan raketa hujumiga uçragandi. 

Xerson viloyati harbiy ma’muriyati boşliği Yaroslav Yanuşeviçning Telegram-kanaliga köra, zarbalar paytida elektr tarmoqlari şikastlangan, şahar yana elektr ta’minotisiz qolgan.