Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov butunjahon internet tarmoğiga ulanmagan milliy tarmoqni şakllantiriş konsepsiyasini işlab çiqiş böyiça komissiya tuziş töğrisidagi qarorni imzoladi.

Şunga muvofiq, avtonom milliy raqamli tarmoqni yaratişga qaratilgan tizimli çora-tadbirlarni körişi lozim bölgan komissiya tarkibi tasdiqlandi.

Milliy tarmoq yaratilişi Turkmanistonning butunjahon internet tarmoğidan uzib taşlanişiga olib keladimi yoki yöqmi, hozirça aniq emas.

Turkmaniston internet erkinligi böyiça dunyodagi eng yomon pozitsiyalarni egallab kelmoqda. Mamlakatda millionlab saytlarga kiriş yopib qöyilgan.