2022 yilning sentabr oyida start berilgan loyiha Özbekistonning turli çekka hududlaridagi köplab iste’dodli yoşlarni kaşf etdi.

“Uşbu loyihaning asosiy sababi Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning madaniyat va san’at sohasida iste’dodli yoş ijodkorlarni izlab topiş va qöllab-quvvatlaş töğrisidagi qaroridir. Prezidentimizning aynan şu nutqlaridan söng qarordan ilhomlanib, uni amalga oşiriş maqsadida tinimsiz izlanişlar olib borildi va katta masştabli musiqiy loyihaga asos solindi”, deydi loyiha muallifi Alişer Uzoqov.

4 bosqiçli loyihada jami 2000 ga yaqin yoşlar iştirok etgan bölib, loyiha butun respublika böyiça iqtidorli yoşlarni özida jamlaydi. Munosib körilgan ğoliblar uçun “XON SAROY” kompaniyasi tomonidan uy, avtomobil va pul yutuqlari taqdim etiladi. Taqdimotda loyiha taşkilotçilari jurnalistlar va blogerlarning savollariga javob berişdi.

Ma’lum qilinişiça, haqiqiy ğoliblarni aniqlaşda şaffoflikni ta’minlaş maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda ovoz töplaş usuli qöllanmaydi. SMS-xabarnoma tarzida yoki kompaniya saytida ovoz beriş yölga qöyiladi. Sönggi yakuniy bosqiç esa jonli efir orqali namoyiş etiladi.

“XON SAROY” quriliş kompaniyasining “Xon Saroy Music” loyihasidan asosiy maqsadi yangi iste’dodlarni topiş va şu bilan birgalikda brend nomini yanada mustahkamlaşdan iborat. Loyihaning davomiyligini ta’minlaş uçun yana bir qator homiylar bilan muzokaralar olib borilmoqda. Bu keyingi bosqiçlarning yanada sifatli bölişi uçun işlatilişi mumkin.

















