Eron oliy rahbari Ali Xomanaiyning jiyani Farida Murodxoniy namoyişlarni qöllab-quvvatlagani uçun 3 yilga qamaldi. 

U noyabr oyida Eronda davom etayotgan hukumatga qarşi namoyişlarni qöllab-quvvatlaşini e’lon qilganidan keyin hibsga olingan edi. U hatto xalqaro hamjamiyatni Tehron bilan aloqalarni uzişga çaqirdi. 

Murodxoniy advokati dastlab uning 15 yilga qamalganini, biroq apellyatsiyadan söng jazo muddati qisqartirilganini aytdi. Uning ta’kidlaşiça, ayol Eronning maxsus sud mahkamasi, ya’ni faqat oliy rahnamoga hisobdor bölgan mustaqil idora tomonidan sudlangan. 

Murodxoniy nimada ayblangani ma’lum emas, şuningdek, rasmiylar ham hozirça bu iş böyiça izoh bermagan. 

Qayd qiliş joizki, ayol bundan oldin 2 marta, şu yilning boşida va 2018 yilda Eron rejimini tanqid qilgani uçun hibsga olingan edi. 

Avvalroq, Farida Murodxoniyning onasi va oliy rahbar Ali Xomanaiyning singlisi Badri Husayniy Xomanaiy ham Eron rejimiga qarşi ekanini e’lon qilib, qurolli kuçlarni «keç bölmasdan oldin» namoyişçilarga qöşilişga çaqirgan edi. 

Eronda ommaviy namoyişlar 16 sentabrdan buyon davom etmoqda. Bunga 22 yoşli eronlik kurd ayol Mahsa Aminiy axloq politsiyasi tomonidan hibsga olinganidan keyin şifoxonada hayotdan köz yumgani sabab bölgan. 

Norvegiyada joylaşgan Iran Human Righs taşkilotiga köra, namoyişlar çoğida xavfsizlik kuçlari tomonidan kamida 458 kişi, jumladan, 63 bola va 29 ayol öldirilgan.