Qalin qor yoğganiga qaramasdan mas’ul taşkilot tomonidan yölga qum-tuz aralaşmasi sepilmagan va oqibatda odam ölimi bilan boğliq YTH sodir bölgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, 2022 yil 8 dekabr kuni soat 19:00 larda 4R-35 Jizzax-Gagarin avtomobil yölining Şarof Raşidov tumani hududidan ötgan 25-kilometrida harakatlanib borayotgan Nexia haydovçisi muzlama yölda huşyorlikni yöqotgan.
Maşina sirpanib, boşqaruvni yöqotgan va qarama-qarşi yönalişga çiqib ketib, röparadan kelayotgan Kia Bongo yuk maşinasi bilan töqnaşgan.
Oqibatda Nexia maşinasida yölovçi sifatida ketayotgan fuqaro oğir tan jarohatlari olib hodisa joyida vafot etgan.
Qayd etilişiça, 8 dekabr kuni YTH sodir bölgan hududda qalin qor yoğganiga qaramasdan hududiy yöl bölimi Jizzax-Gagarin avtomobil yöliga qum-tuz aralaşmasini sepmagan. Oqibatda odam ölimi bilan boğliq YTH sodir bölgan.

















