Kuzatuv kameralaridan odamni yaşira oladigan maxsus kiyim

Uxan universiteti (XXR) aspirantlari Huawei kompaniyasining kiberxavfsizlik böyiça innovatsiyalar tanlovida maxsus kiyimni namoyiş etişdi. U sun’iy intellektga asoslangan videokuzatuv kameralarida odamning şaxsini yaşiriş imkonini beradi.
InvisDefense deb nomlangan «aqlli» palto tajriba sinovida kuzatuv kameralarining samaradorligini 57 foizgaça kamaytirgan. Kiyimga örnatilgan issiqlik datçiklari va maxsus naqş kuzatuv kameralarini çalğitiş imkonini beradi. Şuningdek, keçasi paltoga örnatilgan maxsus qurilmalar termal nurlanişni buzadi va şu bilan aqlli kameralarning infraqizil sensorlarini aldaydi.
Xitoyda sun’iy intellektning yuqori darajada rivojlangan videokuzatuv tizimi mavjud. Köpgina fuqarolarning fikriça, davlat şu tarzda ularning şaxsiy hayotiga aralaşib kelmoqda. Mazkur ixtiro bir tomondan, odamlarning şaxsiy hayotini kuzatişni çeklaş imkonini bersa, boşqa tomondan noqonuniy maqsadlarda xavfsizlik tizimlarini çalğitiş uçun ham işlatilişi mumkin.
Tadqiqotçilar «aqlli» paltolarning har bir töplamini 500 yuandan (71 dollar) sotişni reja qilmoqda.
Telegram’da SIM-kartasiz röyxatdan ötiş imkoniyati paydo böldi

Telegram ma’muriyati navbatdagi yangiliklar, jumladan, SIM-kartasiz akkaunt oçiş imkoniyati haqida xabar berdi.
«Telegram orqali muloqot qilganda telefon raqamini begonalardan yaşiriş imkoni bor edi. Foydalanuvçi uni kimga körsatişni özi hal qilişi va telefon raqami orqali özini topişni taqiqlaşi mumkin edi. Endi esa maxfiylikning yangi davri boşlandi. Bundan buyon Telegram akkauntini blokçeyn asosidagi anonim raqamlardan foydalangan holda, SIM-kartasiz röyxatdan ötkaziş mumkin. Bunday raqamlarni Fragment platformasida xarid qiliş mumkin», deyiladi ma’muriyat xabarida.



















