Soğliqni saqlaş vazirligi mas’ullari ötkazgan matbuot anjumanida tez tibbiy yordam xodimlarini bodikameralar bilan ta’minlaş masalasi kötarildi. Bodikameralarning noqulaylik jihatlari haqida SSV Davolaş profilaktika yordamini taşkillaştiriş boş boşqarmasi boşliği Umid Risqiyev gapirdi.
«Albatta, tez tibbiy yordam xodimi bodikamera bilan faoliyat yuritişi himoya qiliş uçun juda yaxşi narsa. Lekin ikkinçi estetik tomonini ham öylaşimiz kerak. Ya’ni şifokor yoki feldşer bemor yoniga kelganda har xil holatda köradi. Qornini oçib, yeçintirib körişga töğri keladi.
Bu böyiça hozir aniq bir yönaliş mavjud emas. Men öylaymanki, tez tibbiy yordamda bitta emas, brigada boradi. U yerda 2-3 odam közi bilan körib turgandan keyin bodikameraga qançalik ehtiyoj bor, buni ham çuqurroq öylab körişimiz kerak», – dedi u.
Risqiyevning aytişiça, bodikamera himoya vositasi böla olmaydi. Çunki içki işlar xodimlari foydalanayotgan bodikameralar ham ularni himoyalay olmayapti, tajovuz holatlarini kamaytirmayapti.
SSV mas’uli tibbiyot xodimlariga tajovuz holatlarini kamaytiriş uçun bunga javobgarlikni kuçaytiriş, OAVda bunday tajovuzlar yomonligini tarğibot qiliş kabi yöllar borligini aytdi.
«15 sutkalik qamoq jazosi yoki Ma’muriy kodeksga özgartiriş kiritiş, jarimalar miqdorini köpaytiriş böyiça Boş prokuratura tomonidan hujjat loyihasi işlab çiqilgan. Hozirgi kunda Oliy Majlis tomonidan körib çiqilyapti», – dedi vazirlik vakili.
















