Moskva yaqinidagi Balaşixa şahrida 12 dekabr, duşanba kuni ertalab «Stroypark» savdo markazi yonib ketdi, deb xabar berdi Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining Moskva viloyati böyiça boşqarmasi.

Voqea joyiga yetib borgan öt öçiruvçilar oçiq maydonda çiqindi yonayotganini aniqladi. TASS xabariga köra, yonğin birinçi qavatga ötgan, qöriqlaş xodimi jarohatlangan. Savdo markazi mijozlari va xodimlari evakuatsiya qilinmoqda. Toşkent vaqti bilan soat 12:30 ga kelib yonğin maydoni 5 ming kvadrat metrga yetgan, keyin u 10 ming kvadrat metrgaça oşdi, yonğinga törtinçi murakkablik darajasi berildi, deya xabar qildi "Moskva" agentligi.

Yonğinni öçirişga 35 ta texnika va 110 kişi jalb etilgan. Prokuratura yonğin yuzasidan suriştiruv işlarini boşladi. TASS favqulodda xizmatlarning dastlabki ma’lumotlariga tayanib, yonğinga yomğir sabab qisqa tutaşuv sabab bölganini yozmoqda.

9 dekabr kuni Moskvadagi «Mega Ximki» savdo markazida kuçli yonğin sodir böldi. Yonğin OBI gipermarketi hududida boşlangan, uning maydoni 17 ming kvadrat metrni taşkil qilgan. Qöriqçi halok böldi, quriliş gipermarketi deyarli butunlay yonib ketdi. Moskvada yana bir jiddiy yonğin noyabr oyining oxirida Komsomolskaya maydoni yaqinida sodir bölgandi. Kostromada noyabr oyida tungi klubda sodir bölgan yonğinda 15 kişi halok bölgan edi.