Peruda yangi prezident Dina Boluartega qarşi namoyişlarning ikkinçi kuni bölib ötyapti. 11 dekabr, yakşanba kuni namoyişçilar mamlakat janubidagi Andauaylas aeroporti işini töxtatib qöyib, yonilği omboriga öt qöyişdi. Sönggi rasmiy ma’lumotlarga köra, natijada voyaga yetmagan namoyişçi halok bölgan, yana beş kişi jarohatlangan.

Peruning bir qança departamentlaridagi aeroportlarni boşqaruvçi Corpac kompaniyasi ma’lumotlariga köra, 50 kişi, jumladan, taşkilot xodimlari va politsiyaçilar garovga olingan. Politsiya bu joyga nufuzli bölinmasi yuborilganini ma’lum qildi.

Namoyişçilar mamlakatning boşqa hududlarida ham magistral yöllarni tösib qöygan, deya xabar beradi dpa. Namoyişçilar va politsiya örtasida töqnaşuvlar bölgan. Bir kun avval Andaxuaylas şahridagi tartibsizliklarda 16 nafar tinç aholi vakili va tört nafar politsiyaçi yaralangan edi.

Peruda norozilik namoyişlari prezident Pedro Kastiloning lavozimidan çetlatilişi ortidan boşlandi. 7 dekabr kuni parlament unga «ma’naviy qobiliyatsizligi» uçun impiçment e’lon qildi. Bir neça soat ötgaç, Kastilo politsiya tomonidan qölga olindi, sud qarori bilan u yetti kunga tergov izolyatoriga joylaştirildi. Kastilo konstitutsiyaviy tuzumga qarşi harakat qiliş va davlat töntarişiga urinişda ayblanmoqda. Qölga olinganidan keyin u Meksikadan siyosiy boşpana söradi.

Pedro Kastilo hokimiyatdan çetlatilganidan söng, prezident vazifalarini uning örinbosari Dina Boluarte bajara boşladi. Namoyişçilar uning iste’fosini, Kastilo ozod etilişini va muddatidan oldin saylovlar ötkazilişini talab qilmoqda. Ular, şuningdek, umummilliy iş taşlaşga çaqirişdi.