Yangi yil bayrami munosabati bilan şu yilning 18, 20, 23, 25, 27, 30 dekabr va 2023 yilning 3, 6, 8, 10, 13, 15 yanvar kunlari Toşkent –Urganç – Toşkent yönalişida qöşimça 12 ta qatnovlar yölga qöyilmoqda. Bu haqda “Öztemiryölyölovçi” AJ xabar berdi.
Qayd etilişiça, uşbu 12 ta qatnov belgilangan jadval asosida harakatlanadi. Unga köra,
156-sonli Toşkent — Urganç yönalişi:
Toşkent 00:05 — Urganç 14:23
155-sonli Urganç — Toşkent yönalişi:
Urganç 17:35 — Toşkent 06:54
Qöşimça qilinişiça, fuqarolarga yana boşqa ma’lumotlar haqidaToşkent şahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temiryöl çiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib oliş mumkin.
Şuningdek, “Öztemiryölyölovçi” AJ çiptalarni nafaqat temiryöl çiptaxonalaridan, balki elektron tarzda havola[s1] orqali xarid qiliş mumkinligini eslatib ötgan.

















