Bugun, 12 dekabr kuni Toşkentdagi TEAM universitetida GEW-2022 VI Global tadbirkorlik haftaligi (Global entrepreneurship week) boşlandi. Bu yilgi haftalik «Turizm va mehmondöstlik sohasidagi tadbirkorlik» mavzusiga bağişlanmoqda.
Haftalikning oçiliş marosimida Turizm va madaniy meros vaziri örinbosari Nusratilla Zikrillayev, GEN Uzbekistan direktori Hikmat Abdurahmonov, Isroilning Özbekistondagi elçisi Zehavit Ben-Hillel, TEAM universiteti boş direktori Abdurasul Yusupov, TEAM universiteti dekani Erdöğan Ekiz, şuningdek, davlat idoralari, tijorat taşkilotlari, universitetlar, moliya institutlari, xalqaro taşkilotlar, elçixonalar, talabalar va boşqa manfaatdor şaxslar iştirok etmoqda.
Tadbirda sözga çiqqan Turizm va madaniy meros vaziri örinbosari Nusratilla Zikrillayev Boş vazir örinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov nomidan barça iştirokçilarni tabrikladi.
«Ma’lumki, turizm sohasi davlatimiz rahbari tomonidan Özbekiston milliy iqtisodiyotining strategik tarmoqlaridan biri sifatida belgilanib, sayohatlarni rağbatlantirişning cashback va tax-free tizimlari, şuningdek, biznesni yuritiş tartib-qoidalarini soddalaştiriş mexanizmlari joriy etilmoqda.
Tadbirkorlik haftaligi axborot almaşiş, dolzarb masalalarni muhokama qiliş va işbilarmonlik muhitini yaxşilaş böyiça takliflar, turizm va mehmondöstlik sohasida yangi ösiş nuqtalari va yönalişlarini aniqlaş uçun muhim maydondir», degan u.
Tadbir davomida Hikmat Abdurahmonov, Zehavit Ben-Hillel va Abdurasul Yusupov yoş tadbirkorlarga ma’ruzalar qilişdi va öz tajribalari bilan örtoqlaşişdi.


Kunning ikkinçi yarmida «Özbekistonda turizm va mehmondöstlikni boşqariş sohasidagi hozirgi tendensiyalar va istiqbollar: hukumat, biznes hamjamiyat va investorlar nuqtai nazari» mavzusida panel muhokamasi va «Samarqand turistik forumi turizm sohasida fikr almaşiş uçun rivojlanayotgan platforma sifatida» mavzusida taqdimot bölib ötişi rejalaştirilgan.
Ta’kidlaş kerakki, Özbekistonda uşbu taşabbus GEN Uzbekistan tomonidan oltinçi bor taşkil etilmoqda va haftalikning asosiy taşkilotçilari va mezbonlari Özbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi hamda TEAM universiteti hisoblanadi.

















