Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon suhbati çoğida u boşqa oziq-ovqat va Ukraina mahsulotlarini eksport qilişga tayyorgarlik körişni taklif qildi, deb xabar berdi Anqara. 

Öz navbatida, Kreml Putin va Erdöğan «Qora dengiz portlaridan Ukraina ğallasini eksport qiliş hamda Rossiya qişloq xöjaligi mahsulotlari va öğitlarini eksport qiliş böyiça 22 iyuldagi Istanbul kelişuvlarining bajarilişini körib çiqqani»ni ma’lum qildi. 

«Uşbu bitim murakkab xarakterga ega bölib, eng muhtoj mamlakatlar ehtiyojlarini qondiriş uçun Rossiyadan tegişli yetkazib beriş yölidagi tösiqlarni olib taşlaşni talab qiladi», — deyiladi Rossiya Federatsiyasi prezidentining saytidagi xabarda.

Bundan oldin Ukrainadan Qora dengiz orqali ğalla olib çiqib ketiş böyiça kelişuv 120 kunga uzaytirilgandi. 

BMT, Turkiya, Rossiya va Ukraina örtasida 22 iyul kuni Ukraina portlaridan ğalla va tegişli mahsulotlarni xavfsiz eksport qiliş uçun dengiz yölaklarini yaratiş böyiça kelişuvga erişildi. 

Qora dengiz don taşabbusida Turkiya kafil, BMT esa - kelişuvga guvoh. «Ğalla bitimi» doirasida Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi boşlanganidan beri tösib qöyilgan Ukraina oziq-ovqat eksporti 1 avgustdan boşlab Ukrainaning uçta portidan - Odessa, Çornomorsk va Yujniydan amalga oşirildi. 

29 oktyabr kuni Rossiya Ukraina portlaridan qişloq xöjaligi mahsulotlarini eksport qiliş böyiça kelişuvlarda iştirok etişni töxtatdi va bu qarorni Sevastopol körfazida Rossiya Qora dengiz floti kemalariga uçuvçisiz uçoqlar hujumi bilan izohladi. Rossiya TIV matbuot xizmati kelişuvlar doirasida yaratilgan «yaşil yölak» göyoki kemalarga hujum qiliş uçun niqob bölib qolganini bildirdi. 

Biroq, 2 noyabr kuni Rossiya «ğalla bitimi»ni amalga oşirişni qayta boşladi. Moskva Kiyevdan insonparvarlik koridori va Ukraina portlaridan Rossiyaga qarşi harbiy amaliyotlar ötkaziş uçun foydalanilmasligi töğrisida zarur yozma kafolat oldi, deya tuşuntirdi Rossiya Mudofaa vazirligi. Öz navbatida, Kiyev Moskvaga yozma kafolat berganini rad etdi.