Vazirlar Mahkamasining “Qonun hujjatlari buzilgani uçun uşlangan transport vositalarini töxtaş joylariga olib keliş, joylaştiriş va saqlaş tartibini takomillaştiriş töğrisidagi qarorga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Vazirlar Mahkamasi qaroriga hamda qaror 1-ilovasiga transport vositalarini töxtaş joylariga qöyiş hamda saqlaş böyiça tanlab olingan yuridik şaxslarga möljallangan “Jarima maydonçasi” axborot tizimini işlab çiqiş, bosqiçma-bosqiç işga tuşiriş, transport vositasini töxtaş joyiga joylaştiriş töğrisida vakolatli xodim tomonidan qaror qabul qilinganda transport vositalari “Jarima maydonçasi” axborot tizimi orqali töxtaş joylariga olib boriş tartibini elektron tarzda amalga oşiriş böyiça özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda.

Qaror 2-ilovasi yangi tahrirda bayon etilib, unda uşlangan transport vositalarini saqlaş böyiça xizmatlar körsatiş uçun yuridik şaxslarni tanlab oliş oçiq tenderlar şaklida amalga oşirilişi belgilanmoqda.

Tenderlar Içki işlar vazirligi qonun hujjatlarida belgilangan hollarda vakolatli davlat organlari tomonidan uşlangan transport vositalarini saqlaş böyiça xizmatlar körsatiş axborot tizimi orqali ötkaziladi. Içki işlar vazirligi va uning tegişli hududiy bölinmalari tenderlarni taşkillaştiriş va ötkaziş böyiça hamda yuridik şaxslar bilan tuziladigan şartnomalarga mas’ul hisoblanadi.

Tenderlarda iştirok etiş uçun qatnaşçilar tomonidan belgilangan tartibdagi ariza hamda kerakli hujjatlar töldiriladi va elektron tartibda rasmiylaştiriladi. Qatnaşçilar elektron tizimga kiritgan ma’lumotlaridan avtomatik ravişda tender ğolibi aniqlanadi va tender taşkilotçilari tegişli vazirlik va idoralar xodimlari bilan birgalikda ğolib transport vositalarini saqlaş uçun tayyorlagan joyini tekşiradi va ğolib bilan şartnoma tuziladi.

Qaror 3-ilovasida körsatilgan transport vositalarini saqlaş joylari transport vositalarini saqlaş uçun möljallangan töxtaş joylarini joylaştiriş va jihozlaşga qöyiladigan talablarga kuzatuv kamerasi bilan jihozlaş talabi qöşilmoqda.