Eronning Iran News axborot agentligi “Özbekiston prezidenti Izmir şartnomasini ratifikatsiya qiliş töğrisidagi qonunni imzoladi” sarlavhali axborot materialini öz muştariylari örtasida tarqatdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Unda uşbu qonun Özbekiston parlamenti quyi palatasi tomonidan joriy yil 8 noyabrda qabul qilingani va Senat tomonidan 18 noyabr kuni ma’qullangani ma’lum qilingan.
Agentlik Izmir şartnomasi 1996 yil 14 sentabrda Afğoniston, Ozarboyjon, Pokiston, Qirğiziston, Qozoğiston, Tojikiston, Turkiya, Turkmaniston, Eron, Özbekiston tomonidan imzolangani, uşbu şartnoma Iqtisodiy hamkorlik taşkiloti (IHT) ta’sis hujjati hisoblanişini qayd etar ekan, şartnomada Iqtisodiy hamkorlik taşkiloti taşkiliy tuzilmasi, uning maqsadlari va faoliyat tamoyillari, moliyaviy masalalar va taşkilotda qarorlarni qabul qiliş tartibi belgilangani öquvçilar e’tiboriga havola qilingan.
“Özbekiston tomonidan Izmir şartnomasi ratifikatsiya qilinişi Iqtisodiy hamkorlik taşkilotiga tölaqonli a’zo böliş uçun huquqiy asos yaratadi, taşkilotga a’zo davlatlar bilan keng hamkorlik qiliş imkonini beradi. Özbekiston taşkilotda tölaqonli iştirok etişi xorijiy investitsiyalar hajmini oşiriş, transport-logistika yölaklarini, tranzit yuklarni taşiş uçun tariflarni bir xillaştiriş yöli bilan kengaytiriş, mamlakat hududlari sayyohlik jozibadorligini oşiriş imkonini beradi”, deb yozadi Iran News axborot agentligi.
















