Iqtisodçi Abdulla Abduqodirov Kun.uz'ga bergan intervyusida Özbekistonning gaz zaxiralari tugab qolgani haqida tarqalayotgan xabarlarga öz munosabatini bildirdi.

“Men bularni quruq söz uçun gapirmayapman. Bu savolga javob beriş uçun men uçta viloyatga borib keldim. Safarim davomida energetiklar, şu sohada işlaydigan insonlar va gaz qazib oluvçi korxonalarning vakillari bilan gaplaşdim, quduqlarning tepasida turdim, jarayonlarni boşidan oxirigaça qanday bölişini kördim. Çunki masalani içkariga kirib örgangim keldi.

Hozir gaz yöq deya aytilayotgan gaplar atayin aytilmoqda. Şu orqali butun kuçimizni importga qaratişmoqçi. Bu orqali bizga yana eski loyiha, ğoyalarni singdirişmoqçi.

Bundan körinadiki, xatolardan töğri xulosa bölmagan, bölmaydi ham, toki xalq öz manfaatlarini tuşunib, biz buni xohlamaymiz, bunisiga tayyormiz demagunça. Energetika, oziq-ovqat sohasida yangi bir konsepsiya işlab çiqib, şunga rozilik olmagunça bunaqa holatlar bölaveradi.

Bugungi kunda Özbekistonda qolgan depozitlar 1970-80 yillarda geologiya razvedka qilingan depozitning (gazning) asosiy qismi hisoblanadi. Tabiiyki, ularda bosim ança tuşgan, gaz qoldiqlari kam qolgan. Yangi geologiya razvedka işlariga esa köp pul sarflanmagan. Investitsion bloklarga butun Özbekiston hududi berilgani bilan bu investitsiyalarni qilaman degan korxonalar geologiya razvedka işlariga deyarli pul sarflamagan.

Ular bor imkoniyatdan foydalanib, öşa bor quvurlarni qaytadan burğilab, gaz olib turibdi. Albatta, bu joylarda katta gazni kutiş qiyin. Çunki agar katta gaz konlari bölganda sovet davridayoq ularda işlar boşlangan bölardi”, – dedi u.

Iqtisodçi Abdulla Abduqodirov

Iqtisodçi Özbekistonning bugungi kunda işlab turgan gaz konlaridagi va aniqlangan yerosti gaz zaxiralari hajmiga oid savolga ham javob berdi.

“Buni aniq ayta olmayman, buni geologlar aytişi kerak. Lekin bir paytlar qilingan hisob-kitoblarda körgandimki, unda 2 trln kub gaz zaxiramiz bor edi. Keyinroq 1,7 trln kub gaz zaxiramiz bor deb aytildi. Lekin bular hammasi noaniq gaplar. Hozir Özbekistonning içki ehtiyoji uçun taxminan 25-30 mlrd kub gaz işlatiladi. Bu kamida 30-40 yillik zaxira degani. Lekin yer ostida yotgan gaz bilan qazib çiqarilgani örtasida katta farq bor. Uni qazib çiqariş uçun juda katta işlar qilinişi kerak.